ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix23.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#120720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
pul-oqimlari-to-g-risidagi-hisobotdagi-axborotlarning-investitsiya-qarorlarini-qabul-qilishdagi-ahamiyati

Xulosa va takliflar.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 502
Pul oqimlarini tahlil qilish va prognozlash investitsiya qarorlarini asoslashning 
eng muhim vositasi boʻlib, koʻrsatkichlarning oʻzi moliyaviy modellarni ishlab 
chiqishning asosiy elementlari sifatida ishlatiladi. 
Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, tashkilotlarda pul oqimi 
koʻrsatkichlarini shakllantirish metodologiyasiga bir qator obyektiv va subyektiv 
omillar, shu jumladan moliyaviy hisobot standartlari talablari, buxgalteriya siyosatini 
tanlash, korporativ boshqaruv tizimi, biznes modelining oʻziga xos xususiyatlari, kapital 
etkazib beruvchilarning talablari, direktorlar Kengashining mustaqilligi, kompaniyaning 
ichki nazorat va audit tizimining samaradorligi va boshqalar. 
Tadqiqot davomida investitsiyalarni baholashga sezilarli taʼsir koʻrsatishi 
mumkin boʻlgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va taqdim 
etishning muhim jihatlariga eʼtibor qaratildi. [30-31] Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot 
kompaniyaning moliyaviy hisobotining bir qismi sifatida hisobga olinadi umumiy 
maqsadlar va foydalanuvchilarning keng doirasiga qaratilgan boʻlib, unga zarur 
tushuntirishlar berilishi kerak, shu jumladan hisobot tashkilotida ishlatiladigan pul 
oqimlarini tasniflash tamoyillari, pul ekvivalentlarini tan olish mezonlari boʻyicha 
qarorlar va pul oqimlarini tahlil qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar. 
Haqiqiy pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot koʻrsatkichlari bilan bir qatorda 
investorlar, tahlilchilar va kompaniyalar oʻzlari tashqi foydalanuvchilarga tashkilotning 
qiymat yaratish qobiliyatini ochib beradigan maʼlumotlarni taqdim etishga imkon 
beradigan muqobil koʻrsatkichlardan faol foydalanadilar. Shu bilan birga, ularni 
aniqlashning yagona protsedurasining yoʻqligi hisobot beruvchi kompaniyalarga 
daromad va xarajatlarning ayrim moddalarini hisoblashda kiritish yoki chiqarib tashlash 
orqali taqdim etilgan natijalarga taʼsir koʻrsatishga imkon beradi. Bunday sharoitda 
foydalanuvchilar taqdim etilgan natijalarning ishonchliligiga pasaytiradi va eng muhimi, 
investitsiya jozibadorligini baholash jarayonida zarur boʻlgan koʻrsatkichlarni qiyosiy 
tahlil qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin