“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
206
THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN REMOTE MONITORING OF AGRICULTURAL
PRODUCTS
Abasxanova Хalima Yunusovna
Associate professor, Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad Al-
Khwarizmi. Tashkent, Uzbekistan.
Abstract
The article highlights the methods of farmers working in the field of agriculture, clusters, grow
agricultural products in greenhouses and other closed areas and use
innovative technologies in
their monitoring as a result of automatic irrigation, climate control,
temperature, humidity,
nitrogen, potassium, phosphorus
level measurement tools, nutrient supply, fruit ripening and
irrigation. The possibilities of using the automatic
control system fertilization, determination of
parameters of the soil composition and the cultivation of each agricultural product based on them
were foregrounded.
Keywords: innovative technologies, management, database, agriculture, precision farming, smart
agriculture, smart greenhouse.
Kirish
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq
xo‘jaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni
joriy qilish, past hosilli paxta va g’alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli,
eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligi
ta’minlanmoqda. Bugungi kunda, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan
rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga
kirish yo‘lida tez va sifatli rivojlanishini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Shu
boisdan, mamlakatimizda iqtisodiyot timizning barcha jabxalarida bo‘lgani
kabi qishloq
xo‘jaligini ham tubdan isloh qilish, sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish, mahsulotlarni
qayta ishlash tizimi va qo‘shimcha qiymatni shakllantirishni yanada takomillashtirishda
sezilarli natijalarga erishilmoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq istiqbolli yangi
vazifalar belgilab olinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022
yildagi ПФ-60-son farmonida 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida Inson qadrini yuksaltirish va
erkin fuqarolik jamiyatini
yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish maqsadlarida belgilab
qo‘yilgan[1].
O‘zbekistonning barcha turdagi yer uchastkasida qis hloq xo‘jaligi ekinlarini hozirgi
zamon talablariga rioya qilgan holda innovatsion usullar
bilan hosildorlik hajmini
ko‘paytirish va mehnat samaradorligini oshirish; o‘rnatilgan datchiklar orqali masofadan
turib nazorat qilish va ilmiy–texnik natijalar
ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularda faoliyat
yuritayotgan ilmiy xodimlar,
fermerlar, dexqonchilik sohalarida faoliyat yuritayotgan
insonlar tomonidan amalga oshiriladigan yagona bazasini tashkil etish nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: