“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
207
tashkil etishdan iborat. Bioinjeneriya va o‘simliklarning yopiq
tizimlari sohasida aqlli
mahsulotlarning rivojlanishi, maʼlumotlar bazasini yaratish,
energiyani tejaydigan
sensorlar, signallarni raqamli uzatish va uzatish formatiga ega mikroelektron
komplekslardan foydalangan holda masofadan turib boshqarish uchun avtomatlashtirilgan
tizimlarni ishlab chiqish, internetning sanoat jihozlaridan maʼlumotlarni yigʼish, uzatish,
qayta ishlash va vizualizatsiya qilish uchun bepul platforma ishlab
chiqish va innovatsion
nuqtai nazaridan biznes bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
Mamlakatimiz iqtisodchilarining tadqiqotlarida “innovatsiya” atamasi bozor
munosabatlariga o‘tish munosabati bilan keng qo‘llanila boshladi. Agrar sohani innovatsion
rivojlantirish muammolarini o‘rgangan bir qator iqtisodchi olimlar,
jumladan
A.A.Abdug’aniyev,
A.V.Vahobov,
A.M.Qodirov,
S.S.G’ulomov,
Yo.A.Abdullayev,
Ch.Murodov, T.X.Farmonov, O‘.P.Umurzoqov, N.S.Xushmatov, A.Muxtorov va boshqalar
e’tiborga molik muhim ilmiy izlanishlarni olib borganlar. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan
ta’riflarni umumlashtirgan holda innovatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berish
mumkin. Innovatsiya - bu qandaydir yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot
(tovar, xizmat) yoki jarayonni,
marketingning yangi uslubini, ish joylarini tashkil qilishda
yoki tashqi aloqalarda yangi tashkiliy uslubni iste’molga kiritishdir [3].
Xorijlik olimlardan N.G.Pasyukova, А.S.Kukushkinlar esa o‘z tadqiqotlarida
mintaqalarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda qishloq xo‘jaligi sohasini ragʼbatlantirish
masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Аmmo yuqorida nomlari
qayd etilgan olimlarning
tadqiqotlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish, prognozlash hamda
ushbu sohadagi ijtimoiyiqtisodiy muammolarni o‘rganish yetarli darajada o‘rganilmagan.
Shu nuqtai nazardan bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini
modellashtirish, mazkur sohaning hududlardagi rivojlanishi, uni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash va istiqbolini prognozlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda[4,5].
AQSh qishloq xо‘jaligining samaradorligi bо‘yicha dunyoda birinchi о‘rinda turadi, bu
sohada mamlakat ishchi kuchining atigi 2 foizi ishlaydi. Gollandiyada “raqamli
texnologiyalar” qishloq xо‘jaligida keng qо‘llaniladi, jumladan qishloq xо‘jaligining turli xil
jarayonlarni boshqarishda yordam beradigan “Internet buyumlari” (IoT) dan foydalaniladi.
Isroilda suо‘orish suvining keskin tanqisligini hisobga olib, dasturiy ta’minot, sug’о‘orish
tizimlari, innovatsion yig’im-terim uskunalari orqali joriy etishning
yuqori intensivlik va
samaradorlikga erishildi. Koreya Respublikasida qishloq xо‘jaligini innovatsion rivojlantirish
tajribasi noyobdir va rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va
innovatsion agrar tizimni shakllantirishda foydalanish mumkin. Tayvanda sо‘nggi 5 yil
ichida dasturiy ta’minot va mobil ilovalarni ishlab chiqish va fermerlar uchun katta о‘quv
dasturi ishlab chiqishda yuqori natijalarga erishmoqda. Argentinada tuproqlarning holatini
kuzatish, ma’lumotlarni tо‘plash va tahlil qilish tizimi joriy etilgan. Hindiston fermerlarning
bilimini oshirishga, xususan, fermerlarga ob-havo,
mahsulot narxi, ekinlarni etishtirish
uchun eng yaxshi texnologiyalar va boshqa narsalar tо‘g’risida ma’lumot beradigan Agri
Value Added Services mobil ilovalarini joriy etishga e’tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: