Innovatsion texnologiyalarni qishloq



Yüklə 488,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix23.05.2023
ölçüsü488,22 Kb.
#120769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
21 Abasxanova 205-212

Xulosa va takliflar 
 Ilmiy-tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha olingan natijalardan foydalanishiga oid 
quyidagi xulosa va tavsiyalarni keltirish mumkin: Dasturiy muhitda yer maydonini 
loyihalashni (er maydonini aniqlash, qurilmalarni joylash, datchiklarni aniqlash, o‘simlik 
navini tahlil qilish) bo‘yicha mavjud yondashuvlari va usullari tahlili amalga oshirildi. Tahlil 
natijalari turli sharoit va uskunalar qo‘llanganda hamda real vaqtda maʼlumot almashishni 
taʼminlashshi uchun mavjud usul va algoritmlarni rivojlantirish va ishlab chiqish zarurligini 
ko‘rsatdi. Xar bir vositalar asosida yer tarkibini aniqlash, mos o‘simlik navlarini aniqlash 
bo‘yicha taqqoslama tahlil o‘tkazildi. Uning natijasida ekinlarni parvarish qilish uchun zarur 
bo‘lgan o‘gʼitlar, kimyoviy moddalar, suvni nisbatan samarali sarf qilish va ortiqcha 
xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi va ularning qo‘llanilishi hosildorlikni kamida 30 foiz 


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
211
 
oshirishni kafolatlaydi[3]. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
va ularni sotish zanjirlarida ham takomillashgan tizimlar joriy etiladi va pirovardida katta 
hajmdagi elektron maʼlumotlarni yigʼish imkoniyati yaratiladi. Mehnat unumdorligi 30 foiz 
oshib, maxsulotlar hosili to‘liq yetishtirish uchun kerakli amaliy ko‘nikmalar olinadi. 
Stresslarga chidamli, yuqori hosildor, tashishga moslashgan, bioaktiv moddalarga boy 
ekinlar navlarini yaratishga sharoit yaratiladi.“Smart” dehqonchilik ekin maydonidagi 
o‘simliklarga ortiqcha ishlov berish hamda kimyoviy moddalardan differensiyalangan holda 
foydalanish imkon beradi.“Aqlli qurilma”lar orqali boshqaruv va monitoring jarayonlarini 
avtomatlashtirish va ularda inson ishtirokini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. 
Qishloq xo‘jaligida bunday texnologiyalarni qo‘llash sohalari aniq dehqonchilik, “aqlli” 
fermalar, “aqlli” issiqxonalar, xom ashyoni boshqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
saqlash, qishloq xo‘jaligi transportini boshqarish, “katta ma’lumotlar” va boshqalardan 
iborat. Meva va sabzavotlar uchun “aqlli ombor”lar real vaqt rejimida (belgilangan harorat, 
namlik darajasi, karbonat angidrid miqdori) maxsus belgilangan algoritmlardan 
foydalangan holda saqlash paytida mahsulotning holatini kuzatishga imkon beradi, bu esa 
to‘g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Agar shartlar buzilgan bo‘lsa, tizim vaziyatni 
tuzatadi va o‘zgarish haqida ombor egasiga xabar beradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlash va saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik yechimlar, bu jarayonlarning 
avtomatlashtirilishi xodimlar uchun xarajatlarni kamaytiradi va yig’ib olingan hosilni 
saqlash sharoitlarini yaxshilaydi. 

Yüklə 488,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin