2-Amaliy mashg‘ulot.
MAVZU: Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tuzilish
xususiyatlari. Chizma geometriya va chizmachilik terminlar etimologiyasi bilan
ularga mos tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanish.
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga chizma geometriya va chizmachilik
terminlarining tuzilish xususiyatlari, chizma geometriya
va chizmachilik terminlar
etimologiyasi bilan ularga mos tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanishni
tushuntirish.
Darsning jihozi: Kompyuter,
proyektor, ko’rgazmali materiallar,
doskada ishlash
uchun chizma qurollari, format qog’oz, tarqatmali materiallar
Vizual amaliy materiallar
Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tuzilish xususiyatlari.
Murakkab komponentli chizmachilik terminlarining tuzilish xususiyatlari:
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zbek tilidagi
chizmachilik terminlarining
shakllanishida asosan rus tilida yaratilgan chizmachilik fani darsliklari va o‘quv
adabiyotlarini tarjima qilish bilan bog‘liq. Bunday tarjimalar chizmachilik fanining
talablarini bir qator qoniqtirib kelayotgan bo‘lsada, o‘zbek tilining
hozirgi talablariga
to‘la javob bera olmaydi. Bu ayniqsa, murakkab komponentli (ko‘p komponentli)
terminlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, terminning murakkab bodishi o‘sha
tushunchani ifoda qilishda ancha noqulaydir. Shunga
qaramasdan chizmachilikda
extiyoj tufayli murakkab komponentli terminlardan foydalanib kelinmoqda. Murakkab
komponentli terminlar deganda uch va undan ortiq komponentga
ega bodgan atamalar
tushiniladi. Quyida ularning faqat uch komponentli turi haqida fikr yuritiladi. Har
qanday terminlarda kodinganidek, chizmachilik terminlarida
ham hokim komponent
sifatida so‘z shakli yoki birikma qatnashishi mumkin. Ular tarkibidagi so‘z shakllari
turli grammatik munosabatlarda bo‘ladi: