RNK ning sintezi oxirgi 5` qismdan 3` ga qarab yo`naladi. Bu jarayon turli
organizmlarda turli vaqtda va turli haroratda o`tadi. Masalan, E.coli da 1 daqiqada
37oC da 45-50 nukleotid juftlaridan iborat RNK sintezlanadi. Sintezlangan RNK
ning nukleotid tarkibi bilan DNK nukleotidlarining mos kelishini aniqlash uchun
1957-yilda Y.Volkin va L.Astraxanlar E.coli hujayrasini T–4
fagi bilan
yuqtiradilar. Fag genlarining ta‘sirida bakteriya xromosomasi yemirilgan, 7
daqiqadan so`ng 37
o
C da fag DNK si tomonidan sintetik jarayon boshlangan.
Yangidan sintezlangan RNK ning nukleotid tarkibini o`rganib, shu narsani
aniqlaydilarki, RNK ning nukleotid tarkibi fag DNK sining nukleotid tarkibiga
to`liq mos keladi. Keyinchalik barcha o`rganilgan organizmlarda RNK ning uncha
katta bo`lmagan qismi irsiy axborotni DNK dan oqsilga
tashishda ishtirok etishi
aniqlangan. E.coli da bitta RNK-polimeraza fermenti hujayradagi RNK ning
barcha uch xilini: i-RNK, r-RNK, t-RNK larni sintezlaydi. Eukariotlarda RNK-
polimerazaning uch xili: I. r-RNK uchun javobgar; II.
i-RNK sintezi uchun
javobgar; III. t-RNK sintezi uchun javobgarlari aniqlangan.
i–RNK translyatsiyasi. Translyatsiya – bu i-RNK orqali olib kelingan
axborotga binoan ribosomalarda oqsilning sintezlanishidir. Bunda 4 nukleotid
tomonidan tashiladigan axborotning 20 ta aminokislotalar ketma-ketligidagi
polipeptid zanjiriga ko`chiriladi.
Translyatsiya jarayonining boshlanishi – tashkil
etish markazi ribosoma
hisoblanadi. Ribosoma murakkab molekulyar agregat bo`lib, oqsil (36 %) va
ribonuklein kislotadan (64 %) iborat. Translyatsiya jarayonida juda ko`p murakkab
vazifalarni bajaradi. Ribosomalarning tuzilishi va ishi bakteriyalarda, ayniqsa
E.colida yaxshi o`rganilgan. Har bir ribosoma 50S va 30S subzarralardan iborat
bo`lib, tarkibida 2 molekula r-RNK bo`ladi. 50S subzarracha bir molekula r-RNK
va 34
xil turli oqsillardan iborat, 30S subzarracha bir molekula r-RNK va 21 xil
oqsildan iborat.
Elektron mikroskoplarda olingan ma‘lumotlarga ko`ra ribosomalarning
shakli, subzarrachalik tuzilishi barcha organizmlarda deyarli bir xil.
Oqsil sintezi jarayoni o`tishi uchun t-RNK katta ahamiyatga ega. t-RNK bir
zanjirdan iborat bo`lib, molekulyar og`irligi – 26 000, 70-80 nukleotid ketma-
ketligiga ega. Sitoplazmada 20 ta t-RNK birorta aminokislotani ribosomaga
tashiydi. t-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligini
bilish katta
ahamiyatga ega, chunki u maxsus genlarning nusxasi hisoblanadi. t-RNK
tomonidan aminokislotani birlashtirib olishda uning faollanishi kuzatiladi.
Faollanish maxsus ferment aminoatsil – t-RNK-sintetaza fermenti orqali amalga
oshadi. Faollashgan aminokislotalar t-RNK orqali ribosomalarga tashiladi. U yerda
i-RNK dagi axborotga binoan aminokislotalar polipeptid zanjiriga bog`lanadi.
i-RNK molekululari 5` ning oxiri bilan ribosomaning subzarrachasiga
birlashadi. Katta subzarrachaga aminokislota bilan birlashgan 2
molekula t-RNK
kiradi. Ribosomaga t-RNK ning i-RNK ga komplementar bo`lgan qismlarga ega
bo`lgan molekulalari kiradi. i-RNK ribosoma bo`ylab 5`-3` yo`nalishda harakat
qiladi va ribosomadan chiqa boshlaydi. Bu vaqtda aminokislotalardan bo`shalgan
t-RNK ham ribosomadan chiqa boshlaydi, qoldirilgan aminokislotalar bog`lanib
polipeptid
zanjirini hosil qiladi, bu sintezlanadigan oqsilning birlamchi tarkibi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: