Kreativ pedagogikaga yangicha


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 434,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.05.2023
ölçüsü434,65 Kb.
#121423
1   2   3   4   5   6   7   8
kreativ-pedagogika-pedagogikaga-yangicha-yondashuv

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1099 
w
.oriens.uz
www
November 
2021
 
ya’ni pedagogikaning yangi tarmog‘i sifatida rivojlanishi uchun qator shart-sharoitlar 
mavjud. 
Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta’lim fani va san’atidir. Bu pedagogikaning 
majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi 
pedagogika turlariga qarama-qarshi bo‘lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi. 
Kreativ pedagogika o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi bo‘lishga 
o‘rgatadi.
Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika, xoh fizika, xoh tillar, 
xoh iqtisod bo‘lsin, qo‘llanilish mumkin bo’lgan pedagogikadir. Ma’lum darajada 
aytish mumkinki, uning metodologiyasi o‘qitish va o‘rganish jarayonini o‘zgartiradi. 
Rivojlangan kreativlik shaxs ijodkorligining muhim tarkibiy qismidir. U 
shaxsning kognitiv maqsadga erishish, boshlangan ijodiy ishni davom ettirish, bilish 
faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, aqliy harakatlarni rejalashtirish va ketma-
ketlashtirish, maqsadga erishish variantlari va usullarini izlash istagida ifodalanadi; 
Shuningdek shaxsda stenik tuyg‘ular (kognitiv va ijodiy faoliyatdan quvonch hissi
ixtirolar jarayonida qiyinchiliklarni engishga tayyorlik, kognitiv yoki ijodiy 
maqsadga erishishdan g‘ururlanish, biror narsa o‘ylab topish imkoniyatidan 
zavqlanish, ijodiy ish boshlanishidagi optimistik faollik, uning ijobiy natijasini kutish, 
muvaffaqiyasizliklar holatida xotirjamlik va boshqalar) ham hosil bo’ladi. 
Inson aql-zakovati sohasidagi mutaxassislar ijodiy jarayonni ta’minlash uchun 
konvergent (mantiqiy, ketma-ket, chiziqli) va divergent (yaxlit, intuitiv, aloqador) 
tafakkurning kombinasiyasi zarur deb hisoblaydilar. Tafakkur xususiyatlarining 
bunday kombinasiyasi natijasi ongning ravonligi va moslashuvchanligi, shuningdek, 
o‘ziga xoslik, hukmning aniqligi bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. [3] 
Pedagogik jarayonda ijodkorlikni rivojlantirish uchun shaxs salohiyatini 
oshirishga, ijodiy faolligini oshirishga yordam beradigan o‘qitish metodlari va 
texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ushbu texnologiyalar shaxsning o‘zini o‘zi 
qadrlashni shakllantirishga, o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga va 
voqelik bilan adekvat aloqada bo‘lishga to‘sqinlik qiladigan psixologik 
qiyinchiliklarni rivojlanishiga yordam beradi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi. 
muloqotning dialogik usullariga, yechimni birgalikda izlashga va turli ijodiy 
faoliyatga beriladi. Bularning barchasi o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash orqali 
amalga oshiriladi. Interfaol ta’lim jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashni, vaziyat 
va tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish asosida murakkab masalalarni yechishni, 
muqobil fikrlarni topishni, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishni, muhokamalarda 



Yüklə 434,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin