ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II
asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li
shakllana boshlaydi. Buyuk ipak yo'li orqali Xitoydan ipak, chinni idishlar,choy va
boshqa mahsulotlar chet mamlakatlarga chiqarilgan.[6: 149-b.]Bu yo'l orqali O'rta
Osiyodan Xitoyga turli xil gazlamalar, qo'y terisi, qurol, qimmatli toshlar, otlar
olib borilgan.[6: 150-b.]. Buyuk ipak yo'li Xitoyning qadimgi markazi Siandan
boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi.[7: 89-b.] Bu yerda u ikkiga ajraladi.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 117 E-mail: carjisor@carjis.org
Ipak yo'lining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi orqali Xotanga,undan
Yorkentga kelib,Pomir to'g'i orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri
Zariasp[Balx]ga kelgan. Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi, G'arbiy tarmog'i
Marvga, Janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoliy tarmog;i Termiz orqali Darband,
Nautak, Samarqandga qarab ketadi[7: 89-90-b.] Ipak yo'lining shimoli-g‘arbiy
tarmog‘i esa Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan, orqali Tarim vohasiga-Qashqarga
boradi. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan, O'sh, Quva, Axsikent, Popga, undan
Asht dashti orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandda Nautak yo'li
bilan birlashadi. Yo'l Samarqanddan G'arbga Dobusiyaga, Malik cho'l orqali
Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Boykent va Farg'onaga borib, Amul
shahriga o'tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo'ylab ketayotgan yo'lga
qo'shilgan.[7: 89-90b.]Buyuk Ipak yoʻlining Xitoydan Oʻrta Osiyoga keluvchi
yoʻnalishida dastlabki hudud sifatida Fargʻona vodiysi muhim oʻrin tutgan edi.
Ushbu hudud orqali oʻtgan tranzit savdo yoʻllari yoʻnalishlari boʻyicha keyingi
yillarda koʻplab yangi maʼlumotlar paydo boʻldiki, ularning tahlillariga asoslanib
Fargʻona vodiysidagi yirik shaharlarning bu transmintaqaviy aloqa yoʻli
yoʻnalishlarida tutgan oʻrni va ahamiyati hamda bu davr Fargʻona davlatchiligi
rivoji haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin.[8: 163-b.]
Xitoy manbalarining maʼlumot berishicha, bu davrda Davan davlatida 70
dan ortiq shaharlar mavjud boʻlib, ular Buyuk Ipak yoʻli yoʻnalishlarida joylashgan
edi, ular bilan mahalliy ahamiyatga molik yoʻllar orqali bogʻlangan edi. Bu
shaharlar Buyuk Ipak yoʻli shakllangan dastlabki davrlardan boshlab Fargʻona
vodiysining muhim iqtisodiy va madaniy markazlari, ayrimlari (Ershi,
Shoʻrabashat) esa siyosiy-maʼmuriy markazlar sifatida mintaqaning ichki va tashqi
aloqalarida faol ishtirok etib kelgan.[9]. Buyuk Ipak yoʻlining Fargʻona vodiysi
shaharlari orqali oʻtgan asosiy yoʻnalishlari Asht dashtlari orqali Xoʻjandga ,Eski
Chotqol togʻlaridagi Qamchiq va Rezak dovonlari orqali Choch vohasiga olib
kelgan. Bu yoʻllar Ohangaron va Chirchiq daryosi vodiylaridagi shaharlar va
makonlar orqali Sirdaryodagi muhim kechuvlar tomonga yoʻnalgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, mil.avv. III—II asrlarda Toshkent
vohasida keyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy-
iqtisodiy oʻzgarishlar boʻlib oʻtadi va bu jarayonda aloqa yoʻllarining ahamiyati
ulkan boʻldi. Bu holat birinchi galda, vohaning qudrati Qangʻ davlati shakllangan
hudud sifatidagi oʻrni bilan hamda qadimgi shaharlarning paydo boʻlishi va
ularning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼmuriy-siyosiy ahamiyati oshib borishi bilan
izohlanadi.[10: 54-b.] Toshkent vohasidagi qadimgi shaharlarning Sirdaryoning
oʻng qirgʻoq hududlarida, Ohangaron va Chirchiqning quyi oqimlarida
|