6. Simulink paketi



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi

Blok nomini berkitish uchun model oynasining Format menyusidagi Hide 
Name (Nomni berkitish) buyrug'idan foydalaniladi. Blokning berkitilgan nomini 
tiklash uchun Show Name (Nomni ko'rsatish) buyrug'i xizmat qiladi.
Signallarning belgilari va kommentariyalarni(izohlarni) joylashtirishBlok 
sxemalar tushunarli va qulay bo'lishi uchun liniyalardan o'tuvchi signallarni 
ko'rsatuvchi belgilar qo'yish mumkin. Belgilar gorizontal liniyalarning ostiga yoki 
ustiga, vertikal liniyalarning o'ng yoki chap tomoniga joylashtiriladi. Belgini 
liniyaning boshlanishi, oxiri yoki o'rtasiga qo'yish mumkin. 
Signal belgisini hosil qilish uchun liniyaning ustida sichqonchaning chap 
tugmasi ikki marta bosiladi va belgining matni kiritiladi. Sichqonchaning chap 
tugmasi liniyaning ustida bosilishiga ehtibor berish kerak. Aks holda model uchun 
izoh hosil bo'ladi.
Belgi sichqoncha yordamida siljitiladi. Agar belgini siljitish vaqtida  
klavishasi bosib turilsa, yangi joyda belgining nusxasi hosil bo'ladi. Belgining 
nusxasini liniyaning boshqa sigmentida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta 
bosish yo'li bilan ham hosil qilish mumkin.
Belgini tahrir qilish uchun uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi 
va matnga kerakli o'zgartirishlar kiritiladi.
Belgini olib tashlash uchun u ajratiladi va  klavishasi bosib turilgan 
holda yoki klavishasi bosiladi. Bu holda liniyadagi hamma 
belgilar olib tashlanadi. 
Izohlarni hosil qilish va o'zgartirish. Izohni blok sxemadagi har qanday bo'sh 
yerga joylashtirish mumkin. Buning uchun sichqonchaning chap tugmasi ikki marta 
bosiladi va hosil bo'lgan to'rtburchak ramkaning ichiga izohning matni kiritiladi.


Izoh sichqoncha yordamida siljitiladi. Agar izoh siljitilayotgan vaqtda  
klavishasi bosib turilsa yangi joyda izohning nusxasi hosil bo'ladi. 
Hosil qilingan izohni tahrir qilish mumkin. Buning uchun uning ustida 
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va kerakli o'zgartirishlar kiritiladi. SHriftni 
o'zgartirish uchun izohning matni ajratiladi va blok sxema oynasidagi Format 
(Format) menyusidan Font (SHrift) buyrug'i tanlanadi. Kerakli shrift, uning 
o'lchami va atributlari tanlangandan OK tugmasi bosiladi. 
Izohni olib tashlash uchun klavishasi bosilgan holda yoki 
 klavishasi bosiladi. 

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin