6. Simulink paketi



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi

 
6.6. Ob'ektlarni formatlash
Format menyusida (shuningdek sichqonchaning o'ng tugmasi yordamida 
chaqiriluvchi kontekst menyuda) bloklarni formatlash buyruqlarining to'plami 
mavjud. Formatlash buyruqlari bir necha guruhga bo'linadi: 
Yozuvlarning 
ko'rinishini o'zgartirish: 
Font — yozuvlar va matnli bloklarning shriftlarini formatlash. 
Text alignment — matnni tekislash. 
Flir name — blok yozuvini siljitish. 
Show/Hide name — blok yozuvini ko'rsatish yoki berkitish. Bloklarning 
rangini o'zgartirish: 
Foreground color — ajratilgan bloklar liniyalarining rangini tanlash. 
Background color — ajratilgan bloklar fonining rangini tanlash. 
Screen color — model oynasi fonining rangini tanlash.
• Blokning holati va ko'rinishini o'zgartirish: 
Flir block — vertikal simmetriya o'qiga nisbatan aks tasvir. 
Rotate block — soat strelkasi bo'yicha blokni 90° ga burish. 
Show dror shadow — blokning soyasini ko'rsatish. 
Show rort labels — portlarning belgisini ko'rsatish. 
• Boshqa o'rnatmalar: 
Library link disrlay — bibliotekalar bilan bog'lanishni ko'rsatish. 
Samrle time colors — vaqt indikatsiyasi blokining rangini tanlash. 
Wide nonscalar lines — skalyar bo'lmagan liniyalarning kengligini 
orttirish/kamaytirish. 
Signal dimensions — signallarning o'lchov birligini ko'rsatish. 
Rort data tyres — portlarning turi to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatish. 
Storage class — xotira klassi. Real-Time Workshor ishlaganda o'rnatiladigan 
parametr.
Execution order — bajarilish ketma – ketligidagi blokning tartib raqamini 
chiqarish.
 
6.7. Hisoblash parametrlarini o'rnatish va uni bajarish 


Hisoblashlar bajarilishidan oldin hisoblash parametrlari panel oynasining
Simulation/Rarameters menyusi yordamida o'rnatiladi(11.8-rasm). 
Hisoblash parametrlarini sozlash oynasi beshta ilovaga ega: 
Solver (Hisob) — modelni hisoblash parametrlarini o'rnatish. 
Worksrace I/O (Ishchi sohaga ma'lumotlarni kiritish/chiqarish) — 
MATLABning ishchi sohasi bilan ma'lumotlarni almashish parametrlarini 
o'rnatish. 
Diagnostics (Diagnostika) — Diagnostika rejimining parametrlarini tanlash . 
Advanced (Qo'shimcha) — Qo'shimcha parametrlarni o'rnatish. 
Real-time Workshor — real vaqtda ishlash uchun asbob. 
Modelni hisoblash parametrlari Solver ilovasida joylashgan boshqarish 
elementlari yordamida o'rnatiladi. Ushbu parametrlar uchta guruhga bo'lingan (7.6-
rasm): Simulation time (Modellash intervali yoki boshqacha so'z bilan aytganda, 
hisoblash vaqti), Solver ortions (Hisoblash parametrlari), Outrut ortions (CHiqarish 
parametrlari). 
 
7.6-rasm. Modellash parametrlarini o'rnatish 
Hisoblash vaqti (Simulation time) hisoblashning boshlang'ich (Start time) va 
so'nggi (Stor time) qiymatlari ko'rsatilgan holda beriladi. Odatda boshlang'ich vaqt 
nolga teng. So'nggi vaqtning qiymati foydalanuvchi tomonidan yechilayotgan 
masalaning shartlaridan kelib chiqqan holda beriladi.
Hisoblash parametrlari (Solver ortions) ni tanlashda modellash(Ture) va 
tizimning yangi holatini hisoblash usullari ko'rsatiladi. {Ture) parametri uchun 
ikkita, belgilangan (fiksatsiya qilingan) (Fixed-ster) yoki o'zgaruvchi (Variable-
ster) qadamli, variantlar mavjud. Odatda, Variable-ster uzluksiz, Fixed-ster esa 
diskret tizimlarni modellashda ishlatiladi. 

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin