AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING JAMIYAT
TARAQQIYOTIDAGI O’RNI VA O’QUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI
B.Xurramov –
Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM katta o’qituvchisi
J.Qarshiyev –
Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM katta o’qituvchisi
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta’lim tizimiga innovatsion
texnologiyalarning zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq
etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta’lim
tizimida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o’quvchilarga ta’lim va tarbiya
berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning bilimi, malakasi,
kasbiy mahorati, iqtidori, iste’dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olish faolligiga bog’liqdir.
Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta’lim
texnologiyalari tizimi yaratilib, uning asosiy vazifasi ta’lim tizimidagi ta’lim
mazmuni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, fanlarni o’qitish uslubiyatini
takomillashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini
joriy etishdan iborat bo’ladi.
Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan barcha
o’quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o’rgangan,
o’zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo’lishi dolzarb masalalardan biriga
aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog’lab o’tish,
o’tilgan mavzuni osonroq tushunishga va ularni o’zlashtirishga olib keladi.
Fan sohasining har qanday yangiligi, loyihasi va ishlab chiqarish tarmog’i
murakkab matematik hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday hisoblashlarni
yengillashtirish maqsadida ko’plab zamonaviy va universal integrallashgan
tizimlar, ya’ni amaliy dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi
amaliy va tizimli dasturlar bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning
amaliy darajasini oshirishga qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o’z
ichiga oladi.
Ana shunday zamonaviy dasturlar majmuasidan foydalanish ko’nikmalarini
shakllantirish uchun matematika darslarini tashkil etishda ular bilan ko’proq
muloqot qilish kerak bo’ladi. Darslarini axborot texnologiyalari yordamida tashkil
etish etish, bir tomondan dars sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan
o’quvchilarda shu vositalarni chuqur o’rganish bilim va ko’nikmalarini hosil
qiladi.
Axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko’p
qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolog’a bo’lmaydi.
Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik,
albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot
almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil
etadi.
Umuman olganda, axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga
ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining
turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan
jamiyatning o’ziga hos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta
bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch – energiya, xom –
ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan
ustunlik qilmoqda, yani axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar
orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Ta'lim bizning hayotimiz uchun nima qiladi? Har qanday o'zgarish
keltiradimi? Yoki hayotning har xil turlarini olib keladi? Dunyoda ta'limning jiddiy
va ta'sirchan ta'siri bormi? Bu savollarga javob berish bizni yanada aniq va amaliy
yondashishga olib keladi. Ta'lim nafaqat bizning hayotimizga, balki jamiyatimizga
ham katta o'zgarishlarga olib keladi. Yangi texnologiyalarni joriy etish va ta'limni
tarqatish modellari vaqt, joy, ishonchlilik, almashish va bilimlarni yaratish
(ta'limning eng muhim ustuvorligi) nuqtai nazaridan ta'limning ko'plab jihatlarini
aks ettirishimizga, qayta ishlash va ko'rib chiqishga imkon beradi. Shunday qilib,
ta'limda axborot texnologiyalarini qo'shish, ko'proq o'quvchilar ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
Yuqorida keltirilgan uchta so'z bitta tushunchaga o'xshash bo'lishi mumkin,
ammo bu to'g'ri emas. Uning orqasida yashirin tushunchalar bir xil, lekin ikkita
atama birlashtirilgan. Ta'lim va axborot texnologiyalari uzviy bir-biriga bog’liq
tushunchalardir.
Ta'lim sohasining asosiy qismiga aylanib borayotgan axborot texnologiyalari
izchil ravishda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ta'lim sohasidagi axborot
texnologiyalarining qo’llanilishi, barqaror o'zgarishlar dunyoda hayotga mazmunli
ta'sir ko'rsatdi. Yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi barcha an'anaviy ta'lim,
ta'lim va tarbiya usullarini ishga solidi, o'quv dasturlarining barcha sohalariga katta
ta'sir o'tkazadigan ishlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ishda, uyda va ta'lim
muassasalarida axborotga bo'lgan yaqin munosabat bilan tezkor muloqot qilish
ta'limning hayotiy faoliyatga aylanishini anglatadi.
Ta'lim - bu davom etadigan jarayon, shuning uchun dunyoning har qanday
burchagida istalgan vaqtda amalga oshiradigan odamlar ehtiyojiga aylanadi. Ta'lim
sohasidagi axborot texnologiyalarining rivojlanishi uzoq vaqt davom etadigan
hodisadir. Ta'lim, muayyan shaklda, turli xil o'quvchilarning ehtiyojlari bilan
bog'lanishiga bog'liq va axborot texnologiyalari istalgan ehtiyojni qondirish uchun
juda muhimdir.
Multimediali vositalar - rejalashtirish, audio va vizual ta`lim, materiallarni va
asboblarni ishlab chiqarish, ovozni o`z ichiga olgan holda, ta'lim maqsadlariga
ko`maklashish. Audio va vizual ta'limning rivojlanishi nafaqat texnologiyani, balki
ta'lim nazariyasini ham aks ettiradi.
Innovatsion kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim muassasalariga bo'lgan
ortiqcha talabning o'zgarishi, o'quvchilar o'z uylariga o'qish va boshqa xarajatlarni
kamaytirishga yordam berishi, masofadan o'rganish har bir o'quvchiga(geografik
uzoqlik, individual nogironlik, oilaviy sharoit) kirish imkoniyatini kengaytirishi
bilan birga ta'lim sohasidagi axborot texnologiyalari savodxonligini oshirishga
xizmat qiladi.
Shu bilan birga jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmushi
darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning
o’sishi hamda fan – texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
- mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks
avtomatlashtirish;
- ilmiy
tadqiqotlar,
loyihalash
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
axborotlashtirish;
- tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish;
- aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axbomatlashtirish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga
bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fanlarni o’qitishda turli usul va uslublardan
foydalaniladi. O’qitishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni
amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda
ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkaziladi.
Bilim olishda, yani ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtishda kompyuter
tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishdan
qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart
(an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, o’quvchida ilmga
qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differensial
yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni
yengillashtiradi, o’quvchini o’quv jarayonining subyektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim – tarbiya jarayonida
quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
- muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;
- kompyuter darslari – ko’rgazmali material sifatida;
- o’quvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
- o’quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
- o’quvchilarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini
hal etishda va h. k.
Umumta’lim maktablarida fanlarni o’rganish jarayonida zamonaviy
kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda
o’quvchilar kompyuter texnologiyalardan kelgusida o’zining amaliy faoliyatida
undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga o’quvchilarda yangi
axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha
sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat
o’qitiladigan fanlar bo’yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha
ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |