Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning o‘zida quyidagi
shartlarga rioya etilgan taqdirda qog‘oz hujjatga qo‘lda o‘zi qo‘ygan imzo bilan bir
xil ahamiyatga egadir, agar:
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan paytda yoki imzolash
paytini belgilovchi dalillar bo‘lganda elektron hujjat
imzolanayotgan paytda
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turgan bo‘lsa;
elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida
ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.
Izoh: Elektron raqamli imzo qo’lda qoyi;gan imzo bilan teng kuchli xisoblanadi.
Faqat biz undan to’g’ri yo’lda foydalanashimiz, va amal qilish muddati o’tgandan
so’ng uni yangilashimiz, qalbaki imzolardan foydalanmasligimiz darkordir.
8-
modda. Elektron raqamli imzo vositalari
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda
elektron raqamli imzo
yaratilishini, elektron raqamli imzoning
haqiqiyligi tasdiqlanishini,
elektron
raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan
barcha
texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
sertifikatlashtirilishi lozim.
Izoh: ERI dan foydalanishimizda bizga ERIning dasturiy ta’minoti kerak bo’ladi.
Dasturiy ta’minot ERI ning soxta emasligini, ERI ning yopiq va ochiq kalitlarini
yaratilishini, qonun xujjatlarida keltirilgandek ishlashini ta’minlashi darkordir.
Dostları ilə paylaş: