Elektron raqamli imzo to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida qabul qabul qilingan qonunlar.
1-
modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Izoh: 1-moddada Elektron raqamli imzodan foydalanishni yo’lga qoyish, uni aholi
o’rtasida tatbiq qilish, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida electron raqamli
imzodan foydalanish munosabatlari belgilab berilgan.
2-
modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
Izoh: elektron raqamli imzodan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlari avvalo
Konstitutsiyada keltirilgan qonun hujjatlaridan va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir. O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun xujjatlarida elektron
raqamli imzoga tegishli qabul qilingan qarorlardan yoki qoidalardan o’zgacha
qonun-qoidalar belgilangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun
xujjatlaridagi qonun-qoidalarga amal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: