20-
modda. Muhr o‘rnida ishlatish
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz
hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq
ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki
elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan
tasdiqlanishi mumkin.
Izoh: ERIdan qonunxujjatlari uchun, o’z muhri o’rnida foydalanishi mumkin. Bu
faqat ERI ning yopiq kalit egasining muxri bilan teng kuchli xisoblanadi.
21-
modda. Nizolarni hal etish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Izoh: ERIdan foydalanishda nizolar yoki tushunmovchiliklar kelib chiqadigan
bo’lsa bu muammolarni bartaraf etish uchun qonun hujjatlarida keltirilgan
qonunlarsan foydalaniladi.
22-
modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Izoh: ERIdan foydalanish tartibi buzilganda, eybdor deb topilgan shxs qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
Nosimmetrik kriptotizim ikki kalitli tizim bo‘lib, unda aloqa
ishtirokchilarining har biri o‘zining shaxsiy maxfiy va ochiq kalitlari juftiga ega
bo‘lib o‘z ochiq kalitini boshqa aloqa ishtirokchilariga e’lon qiladi. Shaxsiy yopiq
kalit qabul qilinadigan axborot pinhonligini ta’minlash uchun yaratilganda shifrni
ochish kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Bunda kimga pinhona axborot jo‘natiladigan
bo‘lsa shuning ochiq kalitidan foydalanib shifrlangan axborot jo‘natiladi. Bunday
axborotning shifrini faqat yagona yopiq kalit egasigina ocha oladi. Agar maxfiy
kalit autentifikatsiya maqsadida jo‘natmalarga raqamli imzo bosish uchun hosil
qilingan bo‘lsa, u shifrlash kaliti sifatida foydalaniladi. Ochiq kalit esa yuqoridagi
birinchi holda shifrlash kaliti bo‘lib, ikkinchi holda shifrni ochish (tekshirib
ko‘rish) kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
Nosimmetrik kriptotizimlar asoslari simmetrik tizimlarda yechilmay qolgan
kalit tarqatish va raqamli imzo muammolarining yechimini izlash yo‘llarida
Massachuset texnologiya institutida U.Diffi (W.Diffie) va uning ilmiy rahbari
M.Xellman (M.E.Hellman) tomonidan 1975 yilda taklif etilgan.
1977 yili shu tamoyil asosida o‘sha institutda R.Rivest, A.Shamir, L.Adlman
(R.Rivest, A.Shamir, L.Adleman) tomonidan RSA algoritmi ishlab chiqildi.
Keyinchalik elliptik va sh.o‘. bir tomonlama oson hisoblanadigan funksiyalar
asosiga qurilgan boshqa algoritmlar yaratildi.
Nosimmetrik kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarga nisbatan o‘nlab
marta ko‘proq axborot miqdoriga ega (512, 1024, 2048, 4096 bitli) kalitlardan
foydalanadi va shunga ko‘ra yuzlab marta sekinroq ishlaydi. Nosimmetrik
kriptotizimlarning matematik asosida bir tomonlama oson hisoblanadigan
funksiyalar (darajaga oshirish, elliptik funksiya, rekursiya) yotadi.
Yashirin
yo‘lli
birtomonlama
funksiyalardan
foydalanilganda
almashiladigan axborotlarni uzatish va raqamli imzo asosida autentifikatsiya
muammosini yechish ham oson hal bo‘ladi. Bunday qulay funksiya turini birinchi
bo‘lib RSA algoritmining mualliflari taklif etishgan. Unda oshkora modul ikki tub
sonning ko‘paytmasi bo‘lib, ko‘paytuvchilar sir tutiladi. Ko‘paytuvchilardan bitta
kam sonlar ko‘paytmasi ikkinchi (mahfiy) modul bo‘lib, u ham sir tutiladi.
Mahfiy modulga nisbatan o‘zaro teskari ikki sondan biri shaxsiy ochiq kalit,
ikkinchisi shaxsiy yopiq kalit deb qabul qilinadi. Shu shaxsga yo‘llaniladigan
axborot bloklari uning ochiq kalitida shifrlanib (modul bo‘yicha ochiq kalitga teng
darajaga oshirib) jo‘natiladi.
Qabul qilib olingan axborot bloklari shifri shu shaxsning shaxsiy yopiq
kalitida (modul bo‘yicha yopiq kalitga teng darajaga oshirib) ochiladi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda
2014-yil 5-mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun fuqarolarning axborot olishga oid
konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur
huquqiy hujjat axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va yerkinliklari
hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini
aniq belgilab berdi. «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun 2015-yil 9-dekabrda
qabul qilingan. Ushbu huquqiy hujjat davlat organlari faoliyatining samaradorligini
yanada oshirishga, aholiga, jismoniy va yuridik shaxslarga AKT keng foydalanish
orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat. Qonunda elektron hukumat, davlat xizmati, so‘rov, ariza
beruvchi, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron hukumatning yagona
identifikatorlari, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron davlat xizmati
kabi tushunchalarga ta’riflar berilgan. Qonun elektron hukumat faoliyatini tashkil
etishning davlat organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi, da’vo qiluvchilarning
elektron davlat xizmatlaridan teng foydalanishi, axborot xavfsizligini ta’minlash
kabi prinsiplarini mustahkamlaydi. Hujjat shu jumladan, «bir darcha» prinsipi
asosida elektron hujjat almashish imkoniyatlarini kengaytiradi, aholi va
tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqaning samarali mexanizmlarini yaratishni,
elektron davlat xaridlari tizimini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat
xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot
resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashi shartligi belgilangan. Elektron
hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat
organlari amalga oshirishi ko‘rsatilgan va ularning elektron hukumat sohasidagi
vakolatlari keltirilgan. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovga va
so‘rala yotgan elektron davlat xizmati bo‘yicha beriladigan javobga doir talablar
belgilangan.
Elektron hukumat infratuzilmasi:
Markaziy ma’lumotlar bazalaridan;
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan;
Davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning
majmualaridan;
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portalidan;
Ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish
tarmog‘idan iboratligi ko‘rsatilgan.
Respublikamizda 2005 yildan boshlab davlat bilan fuqarolar o‘zaro
hamkorligini amalga oshirishni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadlarida elektron
raqamli imzo (ERI) milliy infratuzilmasi yaratildi. Olib borilgan choratadbirlar
natijasida ERI kalit va kalitlar sertifikati soni 01.01.2017 holatiga ko‘ra 1626,1
birlikni tashkil etdi va bu tizim uzluksiz takomillashtirilib borilmoqda. Elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘ozli tashuvchidagi hujjatda qo‘lda qo‘yilgan
imzo bilan bir hil huquqga ega bo‘lib, elektron hujjatni imzolovchi shaxsni aniqlash
uchun ishlab chiqilgan.
Elektron raqamli imzo elektron shakldagi fuqarolik ishlari bitimlarini amalga
oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, davlat funksiyalarini ijro etishda, turli
yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Bugungi kunda barqaror taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini uzluksiz takomillashtirib borish jahon hamjamiyati tomonidan
tan olingan jarayondir. Ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yilxolati bo’yicha jahon
miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasining ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, va bu raqamlar yildan-
yilga o’sib bormoqda. AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning nufuzi va
raqobatdoshlik darajasini oshirib, boshqaruvni strategik darajada tashkil etish
uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining demokratik
rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar qatorida tengma-teng yurishida hamda
fuqarolar dunyoqarashini o‘zgartirishda muhim ahamiyat kasb etib, yangicha
tafakkurga yo‘l ochadi.
Elektron hukumat o‘zaro munosabat shakllari Elektron hukumat tizimi
fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar,
umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda
muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.
Tarixdan ma’lumki, bunday vaziyatlar odatda yangi texnika-iqtisodiy
to‘lqinning yuqori bosqichida paydo bo‘ladi va rivojlana borib, tadqiqot
tashkilotlari, innovatsion kompaniyalar yangi tarmoqlar chegarasidan tashqariga
chiqa boshlaydi, iqtisodiyotnng an’anaviy sohalari va oxir-oqibat jamiyat va davlat
institutlarini qamrab oladi.
E-KALIT katta boʼlmagan gabaritlarga ega USB-brelok boʼlib,
foydalanuvchining shaxsiy kriptografik parametrlarini muhofazalangan ishonchli
muhitda saqlanishini taʼminlaydi.
E-KALIT quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
elektron raqamli imzoning shaxsiy parametrlari, ERI yopiq kalitlari,
xeshlash kalitlari, shifrlash kalitlari, shuningdek ochiq parametrlarni (masalan,
ochiq kalitlar sertifikati);
-
identifikatsion maʼlumotlar (login va parolь)ni bilish asosida qurilma
xotirasi tarkibidan foydalanish uchun foydalanuvchini xavfsiz avtorizatsiya qilish;
-
berilgan marta parollarni tanlashga urinishda qurilma xotirasidan foydalana
olishni blokirovka qilish;
-
shaxsiy kompьyuter tomonidan soʼrov berilganida elektron raqamli imzo
ochiq kalitining sertifikatini berish;
-
foydalanuvchining shaxsiy kompьyuterdagi kriptografik kalitlari va
sertifikatlarini yuklash (masalan, ERI kalitlarini roʼyxatga olish markazining
dasturidan);
-
tasodifiy sonni xeshlash asosida foydalanuvchining identifikatsion
maʼlumotlarini qurilmaga xavfsiz uzatish.
Qurilma va shaxsiy kompьyuter oʼrtasida axborot bilan almashuv maxsus
kriptografik protokol boʼyicha amalga oshiriladi, bu USB shinasi ushlab olingan
holda foydalanuvchining kriptografik kalitlari va identifikatsion maʼlumotlaridan
ruxsatsiz foydalana olish imkoniyatini istisno etadi. Qurilma bilan komplektda
Windows XP operatsion tizimi uchun maxsus drayver yetkazib beriladi.
Raqamli imzo kalitlar quyidagilar uchun moʼljallangan:
-
elektron hujjatlar va axborot resurslarining yaxlitligini nazorat qilish;
-axborot
tizimlari
va
axborot
resurslariga
kirishning
ishonchli
autentifikatsiyasi;
-axborot almashinuv subʼektlarining qonuniy jihatdan muhim elektron
identifikatsiyasi;
-axborot
tizimlari
va
axborot
resurslariga
kirishning
ishonchli
autentifikatsiyasi;
axborot almashinuv subʼektlarini qonuniy jihatdan ahamiyatli elektron
identifikatsiya qilish;
«UNICON.UZ» DUK elektron imzo kalitini roʼyxatga olish markazining
elektron imzo kalitlari sertifikatlari ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro
tavsiyalariga mos keladi.
Davlat boshqaruvida (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
davlat organlari va tashkilotlari) shakllangan Qaror, Farmonlar, buyruqlar,
jismoniy shaxslar murojaatlari va boshqa hujjatlarning operativ monitoringi va
bajarilish nazoratini amalga oshiradi;
Ijrochilar tomonidan taqsimlangan holda hujjat ijrosining holati toʼgʼrisida
tezkor hisobotlarni tuzish;
-
idoralararo elektron hujjat aylanishida qatnashuvchilarning oʼzaro
taʼsirini kamaytirish;
-
hukumat topshiriq va Qarorlarini bajarilishining samaradorligini oshirish;
Dostları ilə paylaş: |