“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-1, December - 2022
114
vatanparvarlik,
vatanga muhabbat
Vatanning vayronasi – umrning
g‘amxonasi.
Yurti boyning – o‘zi boy.
2.
Insonparvarlik
Inson qo‘li cho‘lni bo‘ston qilar.
Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l.
Ustoz otangday ulug‘.
3.
Ilm va hunar
Bilgan bilganini ishlar,
Bilmagan barmog‘ini tishlar.
Bilim – kuchda, kuch – bilimda.
Bilimli o‘zar, bilimsiz to‘zar.
Bilim baxt keltirar.
Bilimsizga ish yo‘q, ishsizga osh yo‘q.
4.
Hushyorlik va
ehtiyotkorlik
Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st
xatoingni to‘g‘irlaydi.
Dushmanga bo‘yin egma.
Ofat ko‘rmay desang hushyor bo‘l.
5.
Yaxshi so‘z
Yaxshi so‘z – jon ozig‘i.
Shirin so‘z – shakardan shirin.
Oz so‘zla – soz so‘zla.
6.
Maqtanchoqlik va
manmanlik
Kamtarga kamol, manmanga zavol.
Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin.
O‘zlari xon, ko‘lankalari maydon.
7.
Ochko‘zlik va baxillik
Baxilning bog‘i ko‘karmas.
Birovga bersam esiz oshim,
uyda tursa sasir
oshim.
Saxiy bilan baxil bir quduqdan suv ichmas
8.
Pand-nasihatlar
Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq.
Aqlingga aql qo‘sh, jahlingga – sabr.
Bir kattani gapiga kir, bir kichikning.
Gapni gapir uqqanga, jonni jondek suqqanga.
Bolta tushguncha, kunda dam olar.
Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar
Maqollar o‘qilgan asarning
xulosasi sifatida ishlatilib, ko‘pgina
asarlarning
mazmunini tushunib olishga ham yordam beradi. Misol uchun Abdulla
Avloniyning
„Yaxshilik yerda qolmas" hikoyasini olib qaraylik.
Dostları ilə paylaş: