YAXSHILIK YERDA QOLMAS
Bir ari suv ustinda uchub borur edi. Birdan suvga yiqilub ketdi. Qanotlari ho‘l
bo‘lib ucharga kuchi yetmadi. O‘lar holatga yetdi. Buni bir Kabutar ko‘rub, Ariga
rahmi kelub, darhol bir cho‘bni tishlab, suvga tashladi. Bechora Ari bu cho‘bni kema
qilub, suv balosidan qutuldi. Arodan ko‘p o‘tmadi. Bir bola tuzoq qo‘yub, Kabutarni
tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko‘rgon zamon kelub, bolani qulog‘ini choqdi. Bola
qulog‘ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushladi. Kabutar vaqtni g‘animat
bilub, uchub ketub o‘limdan qutuldi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-1, December - 2022
115
Demak bunda ushbu mavzuga mos maqollarni topib aytishlari kerak. Misol uchun
-Yaxshilik qilsang, bo‘lur joning omon, Yaxshilikdan hech kishi qilmas ziyon, Yaxshi
so‘z birlan ilon indan chiqar, So‘z yamon bo‘lsa, pichoq qindan chiqar kabi maqollarni
aytishlari mumkin.
O‘quvchilar o‘qigan maqollariga darslikdan mos asarlarni tanlab, maqolning
ma’nosi bilan asarda aytilayotgan fikrning bog‘liqligini izohlab beradilar. Masalan,
„Elidan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Vatandan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar" maqoliga
Bobur haqidagi „Hidi, tilimi va mazasidan" asarini misol qilib keltirish mumkin.
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, maqoli va matallar xalq aql – idrokining mahsuli,
uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari, turmushdagi turli hodisa – voqealarga munosabati
demakdir. Shu orinda shuni takidlash mumkinki, maqol yaratmagan birorta til, maqol
ishlatmagan bironta xalq yo‘q bo‘lmasa kerak. Maqollardan oqilona foydalanish bola
tarbiyasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan
maqolning sifati, bolalarning yoshiga mos bo‘lishi, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga
egaligiga ko‘ra saralab olinganligi kabilar ushbu jarayonda o‘ziga xos mezon vazifasini
o‘taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karima Qosimova Safo Matchonov va …. Ona tili o‘qitish metodikasi
2. Darslik. 2009 yil
3. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: Sharq, 2003.
4. Ravlova N. Ilk yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish. – T.: O‘qituvchi,
2000.
5. Donishmandlar odob-axloq to‘g‘risida. – T.: O‘qituvchi, 1998.
6. Usmonov R. Hayot-ustoz, xalq – muallim. – T.: O‘qituvchi, 1992.
7. Abdujalolova SH., Fitrat A. Oila va bola tarbiyasiga oid qarashlar. – T.:
Yozuvchi, 2002.
8. Xalq ta’limi jurnali.2016 yil 3-son.(44-46 bet)
Dostları ilə paylaş: |