3
Serbar Eni keng; enli. Serbar chit.
Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar
kamariga osilgan kalitni olib, eshikning qulfini jaranglatib ochdi
4
.
Namat (forscha – kigiz) Yungdan bosib ishlangan palos, kigiz.
Chaylaning
oldiga solingan namat ustiga oyoqlarini uzatib o‘tirdi (O‘TIL. T.3. – B.15). She’r
misrasini “Yerga keng oq kigiz solinganday yaltirar” gapi orqali izohlasa bo‘ladi
Tursunboy Adashboyevning “Qish” (90-bet)da
“Quyon po‘stin tikibdi
O‘ziga oq tivitdan” misrasidagi tivit so‘zining ma’nodoshlari orqali so‘zning
ma’nosi yorqinlashtiriladi. Tivit – hayvonlarning nozik va mayin juni; shu jundan
to‘qilgan, ishlangan mato; shu matodan ishlangan, tikilgan narsa.
Sifatli tivit olish
maqsadida har yili qishlovga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz (O‘TIL. T.4. – B.82).
Abdulla Oripovning “Sharq hikoyasi” she’ridagi
“Ahmoq ekan bular rosa,
Insofi yo‘q lavanglar” misrasidagi lavang (so‘zlashuv tilida ishlatiladi, adabiy tilda
lavand (forscha – bo‘sh, dangasa, bekorchi) so‘zi ustida ishlanadi: O‘zini-o‘z udda
qilolmaydigan, qo‘lidan biror ish kelmaydigan, shalviragan, bo‘shang, noshud.
Boq
endi ibrat ila, bo‘lma ko‘p lavand-u go‘l (O‘TIL. T.2. – B.482).
G‘afur G‘ulomning “Ola buzoq” she’rida “Katta bo‘lsin ola buzog‘im,
Ovunchog‘im, erkam,
ma’rog‘im!” misrasidagi ma’rog‘ so‘zining ma’nosi
izohlanadi. Ma’ramoq fe’lidan yasalgan, q tovushi egalik ta’sirida g‘
tarzida
aytiladi, buzoqni erkalatib shoir yangi so‘z yasab ma’rovchi sifati o‘rnida maroq
so‘zini hosil qilgan.
Anvar Obidjonning “Jo‘ja” she’ridagi “Yorib
chiqdim tuxumni, Shunday
Dostları ilə paylaş: