ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050
Academic Research, Uzbekistan 1046 www.ares.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR
ASOSIDA TARBIYALASH MAZMUNI VA AMALIY AXAMIYATI
Jur’at Sodirovich Saidov
Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada makatbgacha ta’lim tashkilotlarida
maktabgacha yoshdagi
bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni hamda uning ijtimoiy
asoslari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: milliy qadriyat,
madaniy-tarixiy meros, ma’naviy tarbiyalash,
vatanparvarlik hissi, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini saqlash,
qon-qardoshlik,
ma’naviy yaqinlik, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi.
ABSTRACT
This article discusses the content of educating preschool children in preschool
institutions on the basis of national values and its social basis.
Keywords: national values, cultural
and historical heritage, spiritual
upbringing, sense of patriotism, system of national values, preservation, brotherhood,
spiritual closeness, past and spiritual heritage , a sense of homeland.
KIRISH
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy
manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda,
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va
nazariy muloqatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning
mohiyatini tushunib yetish
kerak. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Jumladan,
nson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning
qadr qimmati haqida so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr
qimmatini e’zozlash,
uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini
rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining
asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning,
islohotlarning archasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam
erkin
his etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z
mamlakatining egasi
bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko’p narsa va