ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050 Academic Research, Uzbekistan 1049 www.ares.uz omillaridan biri bo’lib kelgan. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir
ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni
milliy qadriyatlar bo’lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari
qachonki boshqa millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos
kelgandagina Shu mıllat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi. Har bir
xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan
bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisa emas. Millat
taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning
takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish Sharoitlari o’zgarishi bilan milliy
qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy
g’oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab kilmokda . Uning negizi-
milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon
xayot kurish tuygusi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatlirok
vazifalarni qo’ymokda . Xususan , ong va tafakkur xamda ma’naviy qadriyatlardagi
uzgarishlar xayot talabidan orkada kolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar
bilan bog’liqdir .
XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash,
ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy
qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash,
ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiy-madaniy tarbiyasida tabarruk
dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma'naviy-ma'rifiy mеrosimizdan foydalanish birinchi
masala darajasiga olib chiqish, esa maqsadga muvofiqdir.