10
nuqta yoʻlining vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi tuziladi, soʻngra
differensiallash grafigini qoʻllab, tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish
diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashda
tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tezlanishlarni
aniqlash uchun odatda kinematik diagramma usuli qoʻllanilmaydi,
chunki
uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish
diagrammasini
differensiallash
grafigi aniqligiga bogʻliq boʻladi.
Mexanizmlarning kinematik sintez masalalari koʻrib oʻtilgan kinematik
analiz masalalariga teskari hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun
umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy
usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb
ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina,
asbob
yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun
umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da —
texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy boʻlgan usullar
oʻrganiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki istalgan
mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi.
M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch boʻlimga ajratish mumkin:
mexanizmlar
sintezi,
mashina
va
mexanizmlar
dinamikasi,
avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi maʼlum harakatning
bajarilishini taʼminlaydigan sxemani tanlash
va shu sxema parametrlarini
topish bilan shugʻullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da — ayrim
mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda
11
mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari
ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch
bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va
shartlarini tanlash, yaʼni qoʻyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda
texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi.
Ikkinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni
qiymatini ifodalovchi
funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning
vazifasiga karab tanlanadi. Baʼzi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi
juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda
asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy
parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar
tizimini yechishga toʻgʻri keladi. Avtomatmashinalar
nazariyasida mantiqiy
algebrani qoʻllashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish
tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr
elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qoʻllaniladi. Robotlarnn
loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng
soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
M. va m. n. nisbiy harakatda boʻladigan
inshootlar mexanikasi bilan
ham shugʻullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga
bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi
deb ataladi.
M. va m. n.da mexanizm kismlari (zve-nolari) mutlaq qattiq jism deb
qaraladi. Mashina va mexanizmlar kinematikasini oʻrganishda mexanizm
tarkibidagi yetakchi zveno (mas, krivoship) ning aylanishlar soni oʻzgarmas
12
deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik (S) oʻlchov birligi sifatida metr,
vaqt (t) oʻlchov birligi sifatida sekund, kuch (Gʻ) oʻlchov birligi sifatida —
nyuton qabul qilinadi. Masalan, tezlik (g>) ning oʻlchov birligi: M. va m. n.
qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini,
matematika hamda chizma
geometriya fanlarini texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi.