mavjud texnika va texnologiyalarni modernizatsilash hozirgi vaqtdagi dolzarb
vazifalardan bo’lib hisoblanadi.
Ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarishda Respublikamiz paxta tozalash
zavodlari va paxta tayyorlash punktlarida chigitli paxtani g’aramlash
va saqlash
texnologik jarayoni, tashish va g’aramlashda qo’llaniladigan transportvositalari va
qurilmalarning konstruktsiyalari o’rganib tahlil qilib chiqildi. G’aramlanadigan
paxtani toza va sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida PLA markali chigitli
paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining qonstruktsiyasi takomillashtirildi.
Takomillashtirilgan qurilma g’aramlarda saqlanish davomida chigitli paxtaning o’z
tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishiga ko’maklashadi.
Bitiruv-malakaviy ishida shuningdek “Hayot faoliyati
xavfsizligi va
ekologiya” qisim ham ko’rib chiqilgan bo’lib, unda korxona atrof muhitini
muhofazalash, atrof - muhitining meterologik sharoitlari, yuk ko’tarish
va tashish
ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, yong’in haqida umumiy ma’lumotlar va uni
oldini olish chora-tadbirlari, shovqin va uning inson tanasiga ta’siri, paxta tozalash
zavodlarida chiqariladigan changlari va uning inson organizmiga ta’siri, texnologik
uskunalarni changsizlantirish va atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni tozalash,
sanoat korxonalarini yoritish, elektr tokining inson organizmiga ta’siri va boshqa
savollarga javoblar yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: