O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

 
2.3. Paxtani g’aramlash va saqlash. 
Viloyat «Paxtasanoatsotish» birlashmalarining rahbariyati
paxta tozalash zavodlarining direktorlari, tayyorlov punktlarining 
mudirlari va katta klassifikatorlar paxta tayyorlash maskanlarida qabul 
qilingan paxtaning to’liq saqlanishi hamda undan standart paxta tolasi 
ishlab chiqarish uchun shaxsan javob beradilar. 
Paxta qayta ishlashdan oldin g’aramlarga, ayvonlarga yoki usti 
yopiq binolarga joylanadi. Omborlar, ayvonlar va g’aram maydonla-
rini qurish loyixa tashkilotlarining texnik hujjatlari asosida olib 
boriladi. 
Paxta joylanadigan g’aram maydonlari er yuzidan 40 sm baland-
likda qattiq to’shama (asfalt, beton yoki somon loy) bilan qoplanishi 
kerak. G’aram maydonchasining o’lchami 25 m X 14 m bo’lib, 
yomg’ir suvlarini oqib ketishi uchun o’rta yuzasini 5—7 sm ga 
ko’tarish zarur. G’aram maydonchasining o’rtasida tunnel qazish 
vaqtida to’g’ri yo’nalishni belgilash uchun bo’ylanma tilimi chizib 


ko’rsatiladi. Boshqa o’lchamdagi g’aram maydonchalari qurilishi 
tavsiya yetilmaydi [4]. 
Paxtani maydonchalarda g’aramlash faqat havo quruq paytida olib 
boriladi, yomg’ir yoqqanda esa g’aramlash man etiladi. G’aramra 
to’kilgan paxta maydonning hamma joyiga bir tekis va qalinlikda 
joylashtirishi lozim.
Namligi 20 foizdan ortiq paxta quritish-tozalash sexi yonida 
joylanadi, chunki u zudlik bilan kuritilishi va qayta ishlanishi lozim. 
Namligi 14 foizgacha bo’lgan paxtani tozalash sexi mintaqasida, 14 
foizdan ortiq bo’lganini esa quritish-tozalash sexi mintaqasida joylash 
kerak. Paxta g’aramining shakllanishi va cho’kishidan so’ng, uning 
yon hamda burchak tomonlari terib tekislanadi. 
Paxtani g’aramlash vaqtida uning g’aram maydonchasining 
yuzasida bir tekisda joylanishiga va zich shibbalanishiga e’tibor berish 
kerak. G’aramning zichlanadigan chekkalari doimo g’aramning o’rta 
sathidan pastroq bo’lishi lozim. 
Quyidagi hollarda g’aramlar mustahkamligi yetarli darajada 
bulmaydi va ular qulaydi: 
- paxtaning pastki va keyingi qatlamlari yetarli darajada 
shibbalanmasa; 
- g’aram burchaklari noto’g’ri joylansa va yetarli darajada 
shibbalanmasa; 
- g’aramning butun yuzasi emas, balki oralari o’zaro yaxshi 
bog’lanmagan kismlar bo’yicha joylansa; 
- bir kecha-kunduz davomida g’aramlangan paxtaning miqdori 
ruxsat etilgan me’yoridan 60—65 tonnadan oshirib yuborilsa. 
Paxta g’aramlanganda uning balandligi 2,0—2,5 m bo’lgan 
gumbazsimon qalpoq bilan shunday yakunlanadiki, qalpoqning bosh 
qismi ikki tomonlama nishabni yopish uchun g’aramning o’rtasidan 
ko’ndalangiga o’tishi lozim. 


Paxta g’aramlangandan so’ng asta-sekin cho’kadi va 10—15 
kundan keyin balandligi 1—1,5 m pasayadi. Ochiq maydonlarda 
saqlanadigan paxtani yopish uchun 8,5X7 m o’lchamli brezent 
qo’llaniladi. G’aramlarda saqlanadigan urug’lik paxta yangi yoki 
birinchi toifali brezentlar bilan yopilishi kerak. G’aramlarda bitta 
brezent o’rta hisobda 30 tonna paxtani yopishi kerak. G’aramlarni 
ortiqcha brezentlar bilan yopish man etiladi. 
Namligi me’yorda bo’lgan paxta g’aramiga 8—10 kun, ortiqcha 
namlikdagi g’aramga esa 3—5 kundan keyin uzunasiga bitta tunnel 
ochish lozim. Tunnel qaziydigan mashinalardan foydalanilgan holda 
g’aram shakllanishi yakunlangandan so’ng, ertasiga tunnel qazilib
shamollatgich o’rnatilishi mumkin. 
O’rtacha namligi 9—10 foizdan ortiq bo’lmagan I va II navlarni 1 
va 2-sinfli, namligi 11—13 foizni tashkil etadigan III, V navlarni 
barcha sinflaridagi saqlanayotgan paxta to’dasining harorati 5 kunda 1 
marta, namligi yuqori bo’lgan paxta to’dalarining harorati esa xar 3 
kunda o’lchanadi [6]. 
Havo iliq paytlarda (sentyabr, oktyabr) tayyorlangan paxtaning 
harorati 35°S dan yuqori bo’lmay, 2—3 kun ichida o’zgarmasa, u 
holda harorat me’yoriy hisoblanadi. 
Saqlanadigan 
paxta 
to’dalarida 
paxtani 
harorati 
birinchi 
o’lchovda ko’rsatilgan haroratdan yuqori bo’lsa yoki ma’lum bir 
nuqtalarda dastlabki o’lchovdan so’ng 2°S—3°S ga ko’tarilsa, 
g’aramlardan nam havoni so’rish va paxta haroratini majburiy 
ravishda sovitish bo’yicha zudlik bilan chora ko’rish kerak. Havoni 
so’rish tunnel orqali olib boriladi. Tunnel qazuvchi mashina 
yordamida yoki qo’l bilan g’aramning uzunligi bo’yicha g’aram 
joylashganda va kerakli darajada cho’kkandan so’ng tunnel qaziladi. 
Tunnelning kengligi 0,8—1,0 m, balandligi esa 1,8—2,0 m.dan kam 
bo’lmasligi kerak. Havoni so’rish uchun maxsus UVP kurilmasidan 


foydalaniladi.
Tunnel qazuvchi mashinalar yordamida ish bajarilganda, namligi 
14,0—22,0 foizni tashkil etgan paxta uchun havoni so’rish 3—4 kun 
o’tgandan keyin olib borilishi mumkin. 
Paxtani g’aramlashda profilaktika tarzida o’tkaziladigan havoni 
so’rish paytida so’rish kurilmasining ish vaqti 6—8 soatdan kam 
bulmasligi kerak. Paxtaning o’z-o’zidan qizishida g’aramlardan 
havoni so’rish ma’lum o’lchov nuqtalarida paxtaning harorati 
atrofdagi harorat bilan teng bo’lmaguncha olib boriladi. 
Agar paxtaning harorati dastlabki o’lchovga nisbatan, hatto bir 
daraja ortib ketgani sezilsa, havoni so’rish yuli bilan o’z-o’zidan 
qizishini to’xtatish choralarini ko’rish kerak, agar yagona uyali 
qizigan paxta topilsa qiziyotgan paxtani, shuningdek, yonma-yon 
joylashgan paxtalarni ham olib tashlash zarur. 
Paxgaga suv sizib kirishi va namlanishi sezilgan taqdirda 
g’aramlarda namlanish chukurligini aniqlash maqsadida quduqlar 
qazish kerak. Namlangan paxtani olib quritish zarur. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin