An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb
talqin etilgan bo’lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi
(ekzistentsializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari
surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa,
endilikda ko’proq inson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa
guyoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan
masalalarni hal qilish boshlandi. An’anaviy falsafada hodisalar mexanika
qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa, endi bunday
tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi. Bugungi
kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga
aloqador ekanliklarini hamda lardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida,
nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni
anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar.
Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga
kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga
nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan
ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — stsientizm (lot
scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal
etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini
asoslovchi
falsafiy
dunyoqarash.
Stsientizm
g’oyalari,
neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning
asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan
taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi
falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm,
frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator
tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini
ifodalaydi.
|