95
―Katta yigirmalik‖ guruhi (G-20) 1999- yilda global
iqtisodiyotdagi asosiy
muammolarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi ichki
mahsulotning 90 foizini tashkil etadigan 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlardan iborat:
Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni,
AQSH, Turkiya, Fransiya,
Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya,
Yevropa Ittifoqi.
―Katta yigirmalik‖ guruhi faoliyati global moliyaviy-iqtisodiy
muammolarni
hal etishga qaratilgan bo‗lib, shu jumladan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi
kurashish bo‗yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bu boradagi
muammolarni birgalikda hal etish maqsadida bir necha sammitlar o‗tkazdi:
AQSH (Vashington, 2008- yil noyabr; Pittsburg, 2009- yil sentyabr);
Buyuk Britaniya (London, 2009- yil aprel);
Kanada (Toronto, 2010- yil iyun);
Janubiy Koreya (Seul, 2010- yil noyabr) va boshqa davlatlarda bo‗lib o‗tgan.
Tayanch so„zlar: Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar,
Mintaqaviy
birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, nohukumat nodavlat tashkilotlari,
institutsional omillar, iqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanish.
Dostları ilə paylaş: