101
bir vaqtning o‗zida kapitalning importyori va eksportyori bo‗lib hisoblanadi. Amaliy
hayotda investitsiya qilish zaruriyati o‗zida investitsion muhitning barcha qismlarini
mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek ayrim bozorlarning nisbiy
ustunligi tamoyillari bilan belgilanadi.
Jahon ho‗jaligida kapital olib chiqish asosan quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
- sanoat, savdo va boshqa korxonalarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan
investitsiyalar;
- portfel investitsiyalar (xorijiy obligatsiyalar, aksiya, qimmatbaho qog‗ozlar);
- ssuda kapitalining sanoat va savdo korporatsiyalari, bank va boshqa
moliyaviy tashkilotlariga o‗rta va uzoq muddatli kreditlari yoki zayomlari;
- iqtisodiy yordam- tekinga va imtiyozli kreditlar shaklida (foizsiz, kam foizli).
Dostları ilə paylaş: