127
kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirishga to‗g‗ri keladi.
Qolaversa, bunday loyihalar yetakchi davlatlar manfaatlarining to‗qnashuviga olib
kelmagan taqdirdagina kutilgan samara berishi mumkin.
Ma‘lumki, dunyodagi eng yirik neft va gaz zaxiralari Kaspiy dengizi tubi va
atrofida, ayniqsa, Tengiz va Qorachig‗anoq konlarida joylashgan. Shu bois
dunyodagi yetakchi davlatlar bir necha yillardan buyon Kaspiy dengizi ostidagi neft
zaxiralarini o‗zlashtirish uchun keskin kurash olib borayotgani mintaqa atrofida turli
―siyosiy o‗yin‖lar uyushtirayotgani bu hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqda.
Avval boshda Kaspiyning xalqaro mavqei muammosi paydo bo‗lgan bo‗lsa, keyinroq
uning ―dengiz‖ yoki ―ko‗l‖ ekanligini qaytadan belgilab olish masalasi ko‗tarildi.
Undan keyin Kaspiy neft zaxiralaridan o‗zaro foydalanish bo‗yicha Qozog‗iston,
Rossiya, Eron, Ozarbayjon va Turkmaniston o‗rtasida vujudga kelgan keskin vaziyat
haligacha o‗z yechimini topgani yo‗q. 2002 yil may oyida Ozarbayjon poytaxti Boku
shahrida bo‗lib o‗tgan va muvaffaqiyatsiz yakun topgan Kaspiy bo‗yidagi to‗rt davlat
rahbarlarining uchrashuvini misol tariqasida keltirish mumkin. Ma‘lumki, Eron
prezidenti tadbirlar tugamasidanoq Ozarbayjonni tark etgan, Rossiya prezidenti esa
jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa ishtirokchilarni ―zaif muzokarachi‖lar
(―слабые переговорщики‖), deya ta‘riflagan edi.
8.1-jadval
Dostları ilə paylaş: