O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/68
tarix02.06.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#123931
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Yevro - yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to‗lov birligi bo‗lib, YIga 
a‘zo mamlakatlar hududida EKYU o‗rniga joriy etilgan. 
Yevropa valyuta tizimi (YVT) - YI a‘zolarining hududiy valyuta guruhi. 
Yevropa Ittifoqi (YI) - G‗arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi 
iqtisodiy va siyosiy guruh.
Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YTTB) - o‗z faoliyatini 1991 yili 
boshlandi, uning ta‘sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YTTBning asosiy vazifalari 
loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo‗yilmalarga kafolatlar 
berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU) - Yevropadagi qator yetakchi 
sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo‗lib, 
1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi 
bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi. 


138 
―Umumiy bozor‖ga qo‗shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va 
Daniya, 1986 yili Portugaliya YESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a‘zolari 
Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya, Finlyandiya. Kotibiyatning 
shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir. 
Jami ijtimoiy mahsulot - muayyan davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan 
barcha iste‘mol qiymatlari yig‗indisi. Jami ijtimoiy mahsulotni ayrim kishilar, 
korxonalar, tarmoqlar va hokazolarning 1 yil davomida yaratgan mahsulot majmui 
sifatida ta‘riflash mumkin.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta‘sirini hisobga olgan holda 
milliy narx ko‗rsatkichlari ta‘sirida xalqaro savdo markazlarida hosil bo‗ladi. 
Jahon bozori - moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‗rinishidagi 
ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol 
bosqichlarni o‗z ichiga oluvchi XIMlarning sub‘ektlarini (milliy va hududiy 
iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar) o‗zaro iqtisodiy 
ta‘sirlanishidagi global muhitidir. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin