136
Valyutaning konvertirlanganligi - milliy valyutani xorijiy valyutalarga
rezidentlar uchun ham, rezident bo‗lmaganlar uchun ham to‗lov balansining joriy
operatsiyalari bo‗yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel - belgilangan ko‗rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel
egasi ko‗rsatilgan muddat tugagandan so‗ng belgilangan pul summasini qarzdordan
talab qilishga haqlidir.
GATT - Savdo va tariflar bo‗yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo
operatsiyalarini o‗tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‗lgan
mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‗yicha xalqaro akt.
Global muammolar - olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi-siyosiy va ahamiyatga
ega bo‗lgan va o‗z yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning
birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalari.
Dostları ilə paylaş: