144
Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab
chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi - milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta‘minlash imkoniyati.
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti –
tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Yangi Zelandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya kabi
davlatlar tashkiloti bo‗lib, shu hududdagi 11 mamlakatni, Yaponiya, ASEANga a‘zo
6 mamlakatni (Malayziya, Singapur, Indoneziya, Filippin, Tailand, Bruney)
birlashtiradi.
Osiyo rivojlanish banki (ORB) - 1966 yili BMTning Osiyo va Tinch okeani
bo‗yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga ko‗ra tashkil
topdi (1968 yildan boshlab kredit faoliyatini boshladi). Aksioner jamiyati asosida ish
yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a‘zo. Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan
davlatlarning iqtisodiy va savdo munosabatlariga homiylik qilish,
ularga moliyaviy
va texnik, iqtisodiy yordam ko‗rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik
qilishdir. ORBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.
Oferta - aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi.
Offshor hududlar - bu jaxon iqtisodiyotida milliy
iqtisodiy makonning bir
qismi bo‗lib, bu yerda xorijiy mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari tijoriy
operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirashadi.
Ochiq hisob - hisob-kitob tovar importyor tomonidan olingandan so‗ng
amalga oshiriladigan forma. Bunda eksportyor importyorga hisob-fakturani hujjatlar
bilan birgalikda pochta orqali banklar ishtirokisiz yuboradi.
Dostları ilə paylaş: