141
Kartel - tashqi savdo assotsiatsiyasi (uning a‘zolari alohida tovarlar guruhi
bo‗yicha ishlab chiqarish va narx siyosatini muvofiqlashtirib olishadi).
Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning
qiymat va jismoniy
hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati .
Kliring - qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan
(naqdsiz) vositachi orqali o‗zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi.
KOKOM - 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‗p tomonlama
eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion)
komitet hisoblanib, unga
jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya
a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik
ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya - harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‗ljallangan
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‗tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy
mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‗lgan
valyutalar (AQSH,
Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya
iyenasi).
Dostları ilə paylaş: