O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki (XTTB)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/68
tarix02.06.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#123931
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki (XTTB) - o‗z faoliyatini 1946 yilda 
boshladi. Bu tashkilotga faqat XVFga a‘zo mamlakatlar kirishi mumkin. XTTBning 
maqsadi: a‘zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital 
qo‗yilmalar berish hamda xususiy chet el investitsiyalarini rag‗batlantirish orqali 


149 
ko‗maklashish, to‗lov balansi muvozanatini ta‘minlashga qaratilgan qarz berish (25 
yilgacha). XTTBning boshqaruv kengashida hal qiluvchi ovozga jahonning yetakchi 
mamlakatlari (yettilik davlatlari) ega hisoblanadi. 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) - XTTB ning shoxobchasi sifatida 
1960 yildan beri faoliyat ko‗rsatmoqda. Uyushmaning asosiy maqsadi kam 
rivojlangan mamlakatlarga yordam berishdir. 
Xalqaro savdo - milliy xo‗jaliklar o‗rtasida to‗lanadigan jami tovar aylanmasi 
ko‗rinishidagi mehnat mahsulotlari ayirboshlashning o‗ziga xos shaklidir. 
Xalqaro tovar nomenklaturasi - mamlakatlar o‗rtasida kelishilgan, 
tasniflangan tovar pozitsiyalari ro‗yxati bo‗lib, har bir tovar pozitsiyasi 
kodlashtirilgan raqamlarga ega bo‗ladi.
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) - eng rivojlangan 
industrial mamlakatlar birlashmasi. 
Xalqaro hisob-kitoblar - turli davlatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari 
o‗rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari 
va majburiyatlari bo‗yicha to‗lovlarni tashkil etish va tartibga solish jarayoni. 
Xalqaro hisob-kitoblar banki - davlatlararo bank. Markaziy banklar bilan 
tijorat muomalasini olib boradi, xalqaro valyuta hamkorligini tashkil qilishda 
qatnashadi. 1930 yilgi Gaaga konferensiyasiga muvofiq Angliya, Fransiya, 
Germaniya, Belgiya, Italiya davlatlarining boshchiligida ta‘sis qilingan. Hozirgi 
a‘zolari: Yevropadagi 30 mamlakatning Markaziy banklari, shuningdek AQSH, 
Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi hisoblanadi. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin