150
Xeksher-Olin-Samuelson tamoyili - mamlakatning eksportga ixtisoslashuvi
milliy iqtisodiyotdagi ortiqcha ishlab chiqarish omillarining mavjudligiga asoslangan
tamoyildir.
Chek - chek imzolaganning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki
boshqa hisobga o‗tkazish haqida bankka bergan yozma farmoyishidir.
Sharqiy Afrika bo„yicha iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKEA) -
tashkilotga Zambiya, Keniya, Mavritaniya, Molgash Respublikasi, Somali kabi
davlatlar a‘zo. 1966 yili BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri sifatida rasman
tashkil topdi.
Sharqiy Yevropa uchun rekonstruksiya va taraqqiyot Yevropa banki -
Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, jumladan Rossiya Federatsiyasiga kredit berish
orqali ularning taraqqiyotiga ko‗maklashuvini ko‗zda tutgan Yevropa banki. 1990
yilning yanvarida tashkil topgan. Mazkur bank 12 davlat ishtirokida tuzilgan.
Shimoliy Amerika mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
(NAFTA) - tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Shimoliy Amerikaning 3 yirik
davlatini (AQSH, Kanada, Meksika) birlashtirgan.
EKOVAS - BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri bo‗lib, rasman 1973
yilda tashkil topdi. G‗arbiy Afrikaning 16 davlatini birlashtirgan.
Eksport kvotasi - mamlakat eksporti qiymatining yalpi ichki mahsuloti
(YaIM)ga nisbati (foizlarda).
Dostları ilə paylaş: