O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/68
tarix02.06.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#123931
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Anderrayterlar - moliya bozoridagi muvofiqlashtirilgan kurs bo‗yicha 
zayomni joylashtiruvchi garant kompaniyalar. 
Bank o„tkazmalari - o‗tkazuvchi (to‗lovchi) talabiga muvofiq uning hisobidan 
oluvchi (benifitsiar) foydasiga bir bank tomonidan boshqa bankka to‗lov talablari 
vositasida bajariladigan hisob-kitob ko‗rinishi.
Barter - tovarni tovarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ayirboshlanadigan savdo bitimi. 
Bojxona boji - tovar davlat chegarasini kesib o‗tganda solinadigan maxsus pul 
solig‗i.
Bojxona ittifoqi - ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi 
mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o‗tkazishdir.
Bojxona tarifi - tovar oqimlarining chegarani kesib o‗tishida davlat tomonidan 
olinadigan soliq miqdori ko‗rsatilgan tartiblangan tovarlar ro‗yxati. 
Bufer zahiralari - salbiy iqtisodiy tamoyillarning milliy iqtisodiyotga ta‘siri 
va favqulodda vaziyatlar uchun moddiy boyliklarning jami.


135 
Valyuta - ma‘lum bir davlatning qonun bilan o‗rnatilgan pul vositasi (milliy 
valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko‗rinishidagi jahon 
rezerv pullari. Xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a‘zolari tomonidan 
ko‗p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birligi. 
Valyuta arbitraji - svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda 
amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operatsiyalar.
Valyuta bozorlari - milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta‘sirida yuzaga 
keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilinadigan rasmiy 
markazlar.
Valyuta intervensiyasi - davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy 
valyutani sotish va sotib olish. 
Valyuta kliringi - ikki va undan ortiq hukumatlar o‗rtasida moliyaviy talablar 
va majburiyatlarni o‗zaro hisobga olish haqidagi kelishuv. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin