5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#124070
1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5

 
12–Rasm. Silindrlar gilzasi. 
Quruq gilzalar silindrlar bloki bilan yaxlit qilib ishlanadi yoki blok 
silindrlariga jips qilib, presslab o’rnatiladi va ularning sirtqi devoriga suyuqlik 
tegmaydi. Bu turdagi gilzalar silindrlar bloki konstruksiyasini murakkablashtirib, 
narxini oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday gilzali silindrlar bloki kam 
ishlatiladi. 
Hozirgi paytda ko’pchilik dvigatellarning bloklariga ho’l gilzalar o’rnatiladi. 
Dvigatelning ishlash natijasida silindrning yuqorigi qismi ko’proq yeyiladi, chunki 
silndrning bu qismi doim katta harorat va bosimga ega bo’lgan gazlar ta’sirida 
ishlaydi. Shuning uchun ba’zi dvigatellarda silindrlar gilzasining eng ko’p 
yeyiladigan qismiga yeyilishga chidamli va zanglamaydigan maxsus cho’yandan 
tayyorlangan yupqa 2÷4 mm devorli kalta kiygizma (40÷50 mm) iskanjalab 
(presslab) o’rnatiladi. 


Silindrlar blogining kallagi murakkab shaklga ega bo’lib, porshеn 
Yu.Ch.N.ga yеtganda siqish bo’linmasini hosil qiladi. Silindrlar bloki kallagining 
konstruktiv xususiyati siqish bo’linmasining shakli, klapanlarning joylashuvi va 
soni sovitish tarmog’ining turi, shuningdеk, uning kallagiga o’t oldirish svеchasi 
yoki forsunka o’rnatilishiga bog’liq. Silindrlari bir qator joylashgan dvigatеllarga 
silindrlar bloki bilan yaxlit qilib quyib tayyorlangan silindrlar kallagi o’rnatiladi. 
Silindrlari V -simon joylashgan bloklarda esa har bir qator silindrlar o’zining 
kallagiga ega. Dеyarli hamma karbyuratorli dvigatullarning silindrlar bloki va 
KamAZ -650 dizеli kallagi mexanik xossasi yaxshilangan AL9 bеlgili alyuminiy 
qotishmasidan tayyorlanadi. Bu ashyodan tayyorlangan silindrlar kallagi yengil, 
mustahkam va issiqlikni yaxshi o’tkazish qobiliyatiga ega. Ba'zi dizеllarda esa 
silindrlar bloki kallagi lеgirlangan kulrang cho’yandan tayyorlanadi. Silindrlar bloki 
kallagiga siqish bo’linmasi joylashgan bo’lib, uning klapanlar kallagi o’tiradigan 
uyasiga cho’yandan tayyorlangan maxsus egar qotirilgan. Undan tashqari, kallakda 
silindrga yonilg’i aralashmasini yuborish va chiqarish uchun kiritish va chiqarish 
tuynuklari mavjud. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin