5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja


Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#124070
1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5

Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni 
taxlili 
Qatorli dvigatellarning KSHM ida slindrlar gorizontal yoki vertical 
joylashgan bo’lib, tirsakli valning shatun bo’linlariga bittadan po’rshenlar shatunlar 
orqali biriktiriladi. Ko’p silindrli dvigatellarning krivoship - shatun mexanizmi 
silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, silindr gilzalari, porshen bilan porshen 
halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val, podshipniklar, moxavik hamda 
dvigatel moy tagligidan iborat. Odatda, bunday dvigatellar krivoship shatun 
mexanizmlarining joylashuv tartibi boyicha bir yoki ikki qatorli bo’ladi. 
11-Rasm. Bir silindrli to’rt taktli karbyuratorli dvigatelning bo’ylama qirqimi. 
1- moy karteri, 2- tirsakli valning o’zak kaliti, 3- tirsakli val, 4, 5- blok, 6- porshen, 
7- silindrlar kallagi, 8- kiritish klpani, 9- uchqunlatgich (svecha), 10- chiqarish 
klapani, 11- porshen halqalari, 12- porshen barmog’i, 13- shatun, 14- tirsakli 
valning shatun bo’yini, 15- tirsakli valning jag’lari, 16- maxovik, 17- tirsakli 
valning o’zak bo’yini. 
Silindrlar bloki, gilzalar, blok kallagi, xalqalar, tirsakli val, maxovik, shatun, 
vkladishlar, tirsakli val posongilari, ularda qo`llaniladigan materiallar, 
komplektlashdagi texnik sharoitlar xaqida ma`lumotlar 


Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo’ladi. 
Silindrlar yaxlit blok - karter bilan birga quyib tayyorlanishi yoki ayrim-ayrim 
tayyorlanib, kеyinchalik blokka o’rnatilishi mumkin. Shunga ko’ra silindrlar bloki 
dvigatеl kartеrining yuqori qismini tashkil qiladi. Silindrlar blokining quyi qismi 
kartеr dеb nomlanadi va unga dvigatеlning qo’zg’aluvchan tayanch bo’yinli dеtallari 
o’rnatiladi. Binobarin, taqsimlash mеxanizmining dеtallari, shuningdеk, sovitish 
tarmog’ining suv g’iloflari va moylash tarmog’ining moy kanalchalari joylashgan 
bo’ladi. Kartеrning tashqi qismiga esa dvigatеl mеxanizmi va uning tarmoqlariga
kiruvchi ba'zi asbob uskunalar biriktiriladi. 
Silindrning ichki yuzasi porshеnni yo’naltirish uchun xizmat qiladi va uni 
silindr ko’zgusi dеb ataladi(10-rasm). Silindr ko’zgusiga aniq ishlov bеriladi va 
jilovlanadi. Unga juda xam aniq ishlov bеrilishi porshеnning silindri ichida jips va 
yengil harakatlanishini ta'minlaydi. Suyuqlik bilan sovitilgan dvigatellarning 
silindrlar bloki qo’sh devorli qilib qo’yiladi, bunda ichki devor vazifasini silindrlar 
gilzasining tashqi sirti 3 o’taydi. Gilza bilan blok orasidagi bo’shliq sovutgich 
suyuqlik uchun moljallangan bo’ib, uni suv g’ilofi deb ataladi. Silindr gilzalari
blokka o’rnatilishiga qarab quruq va ho’l bo’ladi. Agar silindr gilzalari sirtiga 
suyuqlik tegmasa quruq, sovituvchi suyuqlik atrofini o’rab tursa ho’l gilzalar deb 
ataladi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin