1-pastki kallakning qopqog’i; 2-shatun podshipnigi; 3-pastki kallak; 4-bronza
vtulkasi; 5-yuqori kallak; 6-sterjen.
Bu qopqoq shatunga ikkita bolt va gaykalar yordamida biriktiriladi hamda
gaykalar bo’shab ketmasligi uchun uning pastiga alyuminiydan
yasalgan shplint
o’tqazilib, uchlarini burab qo’yiladi.
Shatunning pastki kallagi ishlaydigan og’ir sharoit juda katta ishqalanish
kuchlarini vujudga keltiradi. Tirsakli valning yeyilishini kamaytirish va shatunning
ish muddatini oshirish maqsadida shatunning
pastki kallagiga yupqa sust
ishqalanuvchi qotishma quyilgan vkladishlar qo’yiladi. Sust ishqalanuvchi
qotishmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:
po’lat bilan ilashmalanib ishlaganda ishqalanish koeffisienti kichik;
kam yediriladigan;
issiqlikni yaxshi o’tkazadigan va arzon bo’lishi kerak;
ishqalanuvchi yuzalarning bir tekis moylana olishini ta’minlay olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: