MUHOKAMA
Darsni oʻtishda koʻrgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga
ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga
rioya qilish tavsiya etiladi:
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
326
- hamma taʼlim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni koʻrishlari, eshitishlari,
tushunishlari;
- obyektning muhim, asosiy tomonlari taʼlim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi,
maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi;
- oʻrganilayotgan obʼektning sifatini mustaqil ravishda oʻlchash, anglash va oʻzlashtirish
imkoniyatini taʼminlash kabilar.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yoʻnalishlaridan biri namoyish qilish
metodining oʻziga xos davomi boʻlgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan
yoki illyustratsiyadan ham koʻrgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin.
Undan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Namoyish qilishda koʻproq
predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, hodisalarni simvollar yordamida
ifoda qilish boʻlib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va
boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda
foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi koʻp jihatdan uni qanday tarzda qoʻllashga bogʻliq.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday
tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻqituvchi koʻrgazmali va
tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning maʼruza yoki seminar mashgʻulot
shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali oʻqituvchi taʼlim oluvchilar oldiga
qanday vazifa qoʻymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda
koʻrgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib,
ularni tanlashi kerak boʻladi.
XULOSA
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni maʼruza darsi, seminar va amaliy mashgʻulotlar
jarayonida boshqa barcha metodlar bilan birga qoʻllab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati
mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – T.: «Maʼnaviyat», 2008.
2. Sarsenbayeva R. Talabalar mustaqil taʼlimini tashkil etish metodikasi. Oʻquv-uslubiy
qoʻllanma. – T.: TMI. –108-b.
3. Rashidov X. va boshqalar. «Kasbiy pedagogika» blokini oʻqitish metodikasi. / Oʻquv-
uslubiy qoʻllanma (Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun). – T.:
OʻMKHTTKMO va UQTI, 2007.
4. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: «Fan va
texnologiya», 2007. –541-b.
Dostları ilə paylaş: |