2022 №3 322 ta’lim jarayonida koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124279
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish

PROCESS 
Abstract. This article discusses the technology of using visual aids and handouts in the 
classroom. In particular, material, intangible, technical visual aids, teaching aids as visual aids, 
informational, assignment and control handouts, their advantages and disadvantages, and ways 
to use them in the classroom are presented. 
Keywords: demonstration, distribution, lecture, practical training, teaching aid, 
technical tool, teacher, learner. 
 
KIRISH 
Pedagogika, psixologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan 
foydalanish taʼlim oluvchilarning pedagogik yoki psixologik muammolarga oid bilim, koʻnikma 
va malakalarini oshirishda hamda ularga oid muammolarning yechimini topishda katta yordam 
beradi.
Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad taʼlim 
oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini 
oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida 
ularning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram 
Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida 
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning 
bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 3
323 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Quyida koʻrgazmali materiallar xususida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. Koʻrgazmali 
materiallar yordamida bir vaqtning oʻzida muhokama qilinayotgan savol, axborotni ham eshitish, 
ham koʻrish orqali qabul qilish, shubhasiz, taʼlim oluvchilarning puxta bilim olishlariga yordam 
beradi.
Bizga maʼlumki, koʻrgazmali materiallarning xilma-xil shakllari mavjud. Taraqqiyotning 
oʻzi bir tomondan fanni chuqur oʻzlashtirishni zarur qilib qoʻysa, ikkinchi tomondan turli-tuman 
yangi metodlar, koʻrgazmalilikni oshirish, texnika vositalaridan samarali foydalanish, ularni 
qoʻllashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga 
yordam beradi. Koʻrgazmalilik, odatda, xayolan koʻz oʻngiga keltirish bilan yoki namoyish 
qilish bilan taʼminlanadi. Koʻrgazmali materiallar: nomoddiy, texnik va moddiy turlarga 
boʻlinadi. 
Nomoddiy koʻrgazmali materiallar deyilganda, dars jarayonida soʻz bilan oʻqituvchi 
tomonidan maʼlumotlarni yodga tushirish, taʼlim oluvchilarning xayolida gavdalantirish mumkin 
boʻlgan ichki, xayoliy tushunchalar, yaʼni adabiyot, sanʼat asarlari, badiiy film, badiiy asar 
qahramonlari, hayotda yuz beradigan turli voqea, hodisa va turli vaziyatlarni tasavvur qilish 
orqali hosil qilish tushuniladi.
Darsni boshlaganda oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni taʼlim oluvchilarning yodiga tushiradi. 
Oʻqituvchi yangi mavzuni boshlar ekan, taʼlim oluvchilar diqqatini unga jalb qilish, fikrini 
yoʻnaltirish uchun adabiyot, sanʼat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berishi 
mumkin. Bu yangi mavzuni oʻrganishga taʼlim oluvchilar ruhi va kayfiyatini tayyorlaydi. 
Masalan, «Pedagogika» fanidan «Taʼlim nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga 
quyidagicha murojaat qilish mumkin: «Taʼlim nazariyasi», «taʼlim jarayoni» yoki «taʼlim tizimi» 
deyilganda nimani tushunish mumkin? Ushbu savollarga taʼlim oluvchilar oʻzlari oldindan 
bilgan, oʻqigan, eshitgan maʼlumotlarga tayanib, koʻz oldilariga keltirib, oʻz fikr va 
mulohazalarini bildiradilar.
Texnik koʻrgazmali materiallar deyilganda, taʼlim vositalarini tushunish mumkin. Chunki 
pedagogikada taʼlim vositalari koʻrgazmali material sifatida qaraladi. Bugungi kunda, uzluksiz 
taʼlim tizimini texnika vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Taʼlim vositalari deb, oʻqitilishi va 
oʻrganilishi lozim boʻlgan har qanday bilimlarni yetkazuvchi va axborot tashuvchi vositalarga 
aytiladi. Taʼlim vositalari uch turga boʻlinib oʻrganiladi: bosma, texnik va aniq oʻquv vositalari. 
Bosma yoki chop etilgan oʻquv materiallariga chop etilgan barcha oʻquv va koʻrgazmali 
materiallar kiradi. Bosma materiallar oʻz navbatida ikki turga boʻlinib oʻrganiladi, bular: matnli 
va tasvirli bosma materiallar. Masalan, oʻquv yoki ishchi dasturlar, darsliklar, oʻquv va uslubiy 
qoʻllanmalar, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat yoki topshiriq varaqalari, oʻquv-
uslubiy majmualar, maʼruza matnlari va boshqalar matnli vositalarga misol boʻladi. Ular 
maʼlumotlar olish va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Tasvirli koʻrgazmali 
materiallarga slaydlar, diagrammalar, jadvallar, fotosuratlar, chizma-sxemalar, plakat kabilar 
misol boʻladi. Ulardan umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun foydalaniladi.
Texnika vositalarini ikki turga boʻlish mumkin: audiovizual, audiovirtual yoki 
yordamchi-jihozli.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin