Qadriyatlar talqini


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 158,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix03.06.2023
ölçüsü158,32 Kb.
#124381
1   2   3
ZDIF2303

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
izlayotgan obraz, shu o‘rinda mashhur amerikalik yozuvchi Uilyam Folkner
haqiqat haqida chiroyli iqtibos keltirib o‘tgan edi:” Yozuvchining mas’uliyati 
haqiqatni hikoya qilishdir, haqiqatni shunday hikoya qilish kerakki, u 
unutilmaydigan obrazga aylansin. Biror narsani oddiygina xabar qilish 
adolatsizlik to’g’risida yozishning o’zi ba’zan yetarli emas.Bu odamlarga ta’sir 
qilmaydi.Yozuvchi bunga o’zining iste’dodini qo’shishi kerak” Tog’ay Murod 
mana shunday obraz yarata oldi, Ziyodulla kal haqiqat jarchisi sifatida kitobxon 
ko‘z oldida qoldi. Ushbu qissalar ruhan bir birini takkorlamasada, Tog’ay
Murodning barcha asarlari xalqonaligi, milliyligi bilan o‘quvchilar mehrini 
qozonib kelmoqda. Birgina so’z qudrati ila umrboqiy va umuminsoniy asarlar 
yarata olgan desak mutlaqo adashmagan bo’lamiz. O’zbekiston Qahramoni Said 
Ahmat tili bilan aytganda: “U ona yurtining kamalakdek yetti rangi aks etgan
xonatlas suvratini chizib ketdi. Tog‘ay surxonning mungli va shu bilan birga
sho’x ,jo’shqin qo’shiqlarini kuylab o’tdi. Bu qo’shiq o’lmaydi, manguga ketadi.”
Haqiqatdan ham ijodkorning ushbu asarlarida surxon elining so’lmas, milliy
qadriyatlari bilan bir qatorda xalqimizning bag’rikengligi, samimiyligini 
Tog’ay Murod yaratgan obrazlarda ko’ramiz. Biz ne chog’lik folklor asarlariga 
yaqin uslubni ijodkor yaratgan badiiy asarlarida ko’rsakda, Tog’ay Murodning 
barcha asarlari xalq tilida yaratilganligi uchun ham, badiiy qiymatini 
yo’qotmagan desak, haqiqatga yaqin bo’ladi. Darhaqiqat, yozuvchining to’rtta
qissasini o’qib, tahlil qilar ekanman, barchasida o’tkir emotsional ta’siri 
kuchligi sababli o’quvchini hayajonga soladi, to’lqinlantiradi. Har bir ijodkor
o’ziga xos uslub yaratadi. Bir so’z bilan aytganda Tog’ay Murod hech qaysi 
yozuvchida uchramaydigan uslubda ijod qildi,o’zining nomini adabiyotga 
o’chmas qilib muhrlab ketdi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish . T: A Qodiriy nomidagi xalq merosi 
2004 yil
2. Murod T. Oydinda yurgan odamlar qissalar hikoyalar G’.G’ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti T.1985 y 
3. Jo’raqulov U. Nazariy poetika masalalari:Muallif.Janr,Xronotop.G’.G’ulom 
nomidagi nashriyot manbaa ijodiy uyi T:2015 yil,148-150 bet. 
4. Folkner U. Qora musiqa. Yangi asr avlodi:T:2018yil 4 bet
5.www.ziyouz.com 
 

Yüklə 158,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin