18
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TOG‘AY MUROD ASARLARIDA UMUMINSONIY VA MILLIY
QADRIYATLAR TALQINI
N.Choriyeva
TerDU 2-kurs magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7109659
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod qissalaridagi
milliy qadriyatlar talqini tahlilga tortilgan bo’lib unda ijodkor asarlari
qahramonlarining
umuminsoniy
va
milliy
qadriyatlarga
bo’lgan
munosabatlariga fikrlar bildirilgan.
Kalit so‘zlar
Qadriyat,
milliylik, xarakter, ruhiy kechinma, peyzaj, obraz, xalqonalik
Har-bir asarda muallif yashab o‘tgan makon va zamon, ijtimoiy muhit aks
etib turadi.
Tabiiyki, muallif qaysi millat vakili ekanligi yozuvchi tomonidan
yozilgan asarda yarq etib ko‘zga tashlanadi. Dunyodagi har-qanday millat
vakillari o‘ziga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega ekanligi bilan bir-
biridan keskin farqlanadi.
Yozuvchi Tog‘ay Murodning ‘‘Oydinda yurgan odamlar’’qissasi
barcha
o‘quvchi ommasiga ma’lumki, bu asar hayot qiyinchiliklariga dosh bergan ikki
taqdir haqidagi doston desak, chin ma’noda biz adashmagan bo‘lamiz.
Shuningdek yozuvchi Odil Yoqubov “Muhabbat
haqidagi bir kuy, to‘g‘rirog‘i
muhabbatga suyanib,barcha hayot dovullarini yengib o‘tgan ikki dil, ikki pok
inson haqidagi tipik bir qo‘shiq desak yarashadi” degan fikrida juda katta badiiy
haqiqat bor. Asar 3 bobdan iborat bo‘lib, ilk bobi asar qahramonlari Qoplonbek
va Oymomoning to‘y marosimlari shunday
mahorat bilan tasvirlanadiki,
o‘zbegimning so‘nmas qadriyatlari, urf- odatlari, rasm-rusmlari o‘quvchi ko‘z
oldida yaqqol gavdalanadi Turkiy xalqlarning qadim
dostonchilik ananalari
asosida, xalq og‘zaki ijodi sifatida, yaxlit doston nomini olgan Alpomish dostoni
ming yillik tarixga ega ekanligi barchamizga ma’lumdir. Qissada keltirilgan
marosimlarning ildizi borib Alpomish dostonidagi
voqealarga borib taqalishi,
asar badiiy qiymatini oshirgan. Asarda badiiy tasvir va ifoda vositalariga keng
o‘rin berilganki tasvirning jonli va ifodaviylikni kuchayishiga xizmat qilgan.
Qissaning keyingi boblarida qahramonlarning ruhiy holatini tabiat tasviri bilan
parallel ravishda tasvirlanishi asarning ta’sir darajasini yanada oshirgan. Keling
shu o‘rinda bir holatga e’tiborimizni qaratsak. “Ufq qorayib –qorayib keldi, qop
qora bulutlar ko‘pirib-ko‘pirib toshdi, bulutlar yoyilib-yoyilib keldi” bir qarashda
oddiygina tabiat tasviri berilganday tuyuladi, aslida parchada Qimmat
momoning, Oymomoga farzandsizligini
butun qishloq ayollari oldida, yuziga