nishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy
adabiyotlarda keng ko‘lamda yoritilgan.
Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun
ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda, ishni ularni o‘zini o‘zi
uddalashga o‘rgatishdan boshlamoq zarur. Shaxsning o‘z faoliyatini
va xulq-atvorini shaxsiy xohish-irodasiga bo‘ysundirishi
mustaqil
fikrlashni barqarorlashtiradi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishga
puxta zamin hozirlaydi, har xil qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-
toqat tuyg‘ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida
mustahkam irodali, qat’iyatli, uzoqni ko‘zlovchi, teran fikrlovchi, aql-
zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonib yashovchi haqiqiy milliy
vatanparvar yoshlar shakllanadi.
Insonga tug‘ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan,
aqliy va axlo-
qiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’na-
viyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib
bo‘lmaydi. Xuddi shu boisdan insonni bolaligidan tortib to ijtimoiyla-
shuviga qadar davr oralig‘ida o‘zini o‘zi boshqarish usullari, vositalari
bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda, iroda insonning o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda
boshqarishi sifatida baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan
xatti-harakat
va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni
yengib o‘tishi tariqasida ta’riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligida,
mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon
bo‘ladi.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qi-
lish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum
bir qarorga
kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish hara-
katlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy,
jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga kela-
digan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning
faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan sa’y-harakatlar
yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelma-
ganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi,
ezgu niyatga xizmat
qildirishga bo‘ysundiradi.
Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar ne-
gizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining
74
yuzaga kelishiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli
darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu
kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga
chiqadi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha
impulsus – ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatga ega
bo‘lib, inson anglamaganligi uchun ma’lum obyektga qaratish yuzasi-
dan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi.
Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga
keladigan sarosimalik
affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga
o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyor-
siz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks
etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda
keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb
nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga
oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z
miyasida
tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni
taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy
harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi
turkum tashkil qiladi.
Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda, ularga quyidagicha
ta’rif berish mumkin: maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-
qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlash-
gan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar
irodaviy
Dostları ilə paylaş: