Xarakter tuzilishining qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, mu-
him tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining
ba’zi nuqsonlari (qo‘pollik va yolg‘onchilik)ni bartaraf qilish, uning
ijobiy xususiyatlari (xushfe’llik va rostgo‘ylik)ni shakllantirish mud-
daosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Chunki
insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirmay turib, illatga
qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz.
Shu narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyat-
larning yaxlit bir tizimini tarkib toptirish mumkin, xolos.
Mazkur
jarayonda xususiyatlar tizimini shakllantirishning muhim shartlaridan
biri shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan
iboratdir.
2. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga
oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash dinamikasida
yuzaga chiqadigan farqlarda
namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odam-
ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’rifla-
nadi.
Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar im-
koniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi
zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyatlar
bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va
malakalarning aynan bir
narsa ekanligini rad etar ekan, ularning
birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda
ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga
oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos.
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarini atrof muhitdagi odamlar
tan olmagan, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari
tufayli jahonda
munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p
allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn
(nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geomet-
riya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalarning o‘qigan davrida buyuk
olim bo‘lib yetishishiga hech qanday kafolat yo‘q edi.
92
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma
va malakalarda aks etmaydi, balki
ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa-
digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
sharti hisoblangan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash dinamika-
sida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-
psixologik xususiyati
qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniq-
lash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofiq:
a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida
egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga
nisbatan
qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat
talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar
mavjud emasdir (juda zaifdir).
Dostları ilə paylaş: