O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Qobiliyatlarning tuzilishi. Shaxs egallashi shart hisoblangan 
faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan 
qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional-
irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatla-
riga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-
harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlar-
ga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand 
ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega 
bo‘lmaydi.
Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) 
faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qur-
biga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar 
kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi. 
Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik 
sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmua-
sining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi 
tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi 
turgan gap. Buning uchun quyida ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz: 
1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, 
mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik amallarni kamay-
tirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, 
to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan oson o‘tish, masala yechishda fikr 
yuritishning tezligi kabilar; 
2) adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, 
xotirada yorqin ko‘rgazmali timsollarning jonliligi, «til zehni», behi-
sob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik 
va boshqalar.
Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, ma-
tematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari 
bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va 
95


shunga o‘xshash qobiliyatlarning tuzilishi maxsus xususiyatga ega 
bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Qobiliyatlar asosan ikki turga bo‘linadi: umumiy va maxsus qobi-
liyatlar. Shaxsning umumiy qobiliyatlari yoki umumiy fazilatlari 
ularning to‘laqonli muayyan psixologik ko‘rinishlari bo‘lib, ularni 
tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. Muayyan faoliyat 
sharoitlarida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan shaxsning bunday 
umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch turidan bittasiga 
mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilatlar kiradi. 
I. P. Pavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb 
qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda 
ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot 
bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va 
ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan 
bog‘liq, ya’ni signallarning signali bilan bog‘liq. 
Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil 
bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘-
rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o‘rtasidagi nisbat, 
qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining 
mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin