qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib
topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga
bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu
kabilarni tushuntirib berish qiyin edi.
Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati
doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar» aralashmasi yoki
miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa
quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga
psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratib berdi.
Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427–
337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi
tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni
alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh,
ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari
surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil
taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun
bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini belgi-
laydi.
Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni
tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida
tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga
qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384–322 yil-
lar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U
psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya
va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixo-
logiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib
chiqqanligidan dalolat beradi.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni
tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan
Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi.
Sharq allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asar-
larida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha
yondashuvlar bilan chiqishdi.
Dostları ilə paylaş: