Individual-psixologik xususiyatlar – temperament, xarakter,
qobiliyat, iste’dod, yo‘nalganlik.
Psixologik tadqiqot metodlari psixologiya amal qiladigan nazariy
prinsiplarga va psixologiya hal etayotgan aniq vazifalarga bog‘liq
ekanligini ko‘rsatib beradi. Psixologiyaning nazariy negizini dialektik
materializm tashkil etadi, shuning uchun ham psixologik tadqiqotga
prinsipial yondashuv dialektik metod talablaridan kelib chiqadi.
Dialektik metod predmeti uning barcha aloqalari va bevosita ifodalari
orqali o‘rganish, eng avvalo, hodisa va qonuniyatlarning muhim alo-
qalari va munosabatlarini aniqlashni, o‘rganilayotgan narsani rivojla-
nish jarayonida deb qarashni, ziddiyatlar hamda qarama-qarshiliklar
birligi va kurashining, miqdorni sifatga o‘zgarishining ochib berili-
shini taqozo qiladi.
Psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq lozim. Shu
jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina
o‘zgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida
xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega bo‘lishi
zarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qo‘ymasdi.
Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu
metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. O‘zini o‘zi
kuzatish (introspeksiya, ya’ni ichkaridan ko‘rish) ana shunday metod
edi.
Ilmiy psixologiyada qabul qilingan ong bilan faoliyatning birligi
prinsipi psixologik tadqiqotda obyektiv metodning negizini tashkil
etadi.
Psixologiyada tadqiqotning subyektiv va obyektiv metodlari bir-
birini inkor etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o‘rganishning
obyektiv metodlaridan foydalanish va fanda bundan boshqa metodlar-
ning bo‘lishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir mu-
him talabi psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan o‘rganish prinsi-
piga amal qilishni taqozo etadi. Genetik prinsipning mohiyati shundan
iboratki, o‘rganilayotgan psixik hodisaga jarayon deb qaraladi va
13
tadqiqotchi dialektik rivojlanishning barcha holatlarini tiklashga, ular
bir-birlarini qay yo‘sinda almashtirishlarini ko‘rish va tushunib yetish-
ga harakat qiladi, o‘rganilayotgan psixik faktni uning muayyan tarixi
jihatdan tasavvur etishga urinadi. Psixologiyada genetik prinsipdan
foydalanish zaruriyati P. P. Blonskiy, A. S. Vigotskiy, S. L. Rubin-
shteyn, A. N. Leontyevlarning asarlari tufayli kelib chiqdi.
Tadqiqotlarni amalga oshirishning genetik prinsipi keyingi yillar-
da bolalar psixologiyasida bola shaxsini bo‘ylama kesimi bo‘yicha
o‘rganish metodi (longityud) deb ataladigan metod sifatida ancha keng
qo‘llanilmoqda. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga
bo‘lish yo‘li bilan (ya’ni rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini
ta’riflash va ularni o‘zaro bir-biriga taqqoslash) emas, balki bola
shaxsini unga ta’lim berishning maxsus tashkil etilgan sharoitlarida
qator yillar mobaynida uzoq vaqt o‘rganish natijasida aniqlanadi.
Psixologiyaning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi:
tashqi;
1) kuzatish
ichki;
laboratoriya;
2) eksperiment
tabiiy;
3) suhbat;
4) anketa;
5) sotsiometriya;
6) faoliyat natijalarini o‘rganish;
7) test;
8) biografik.
Kuzatuv, agar tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanib qol-
masdan, ushbu hodisalarning psixologik tabiatini izohlab berish dara-
jasiga ko‘tarilsa, psixik tadqiqot metodi bo‘la oladi. Ilmiy psixologik
kuzatuv turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va faoliyat-
ning kuzatilgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyati-
ni tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Psixologik
kuzatuvlarning jiddiy muhim talablari aniq rejaning bo‘lishi va
shuningdek olingan natijalarning maxsus kundalikda qayd etilishidan
iborat.
14
Yangi psixologik faktlarga ega bo‘lishning va obyektiv tarzda
ilmiy bilishning asosiy vositasi eksperiment metodidir. Eksperiment
metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va
tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labo-
ratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida
o‘tkazishi va sinaluvchilarning xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan
sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluv-
chi (garchi odatda sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nima-
lardan iboratligini, nimani va nima maqsadda tadqiq qilishayotganini
aniq bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Labo-
ratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok va xoti-
ra, sezgi chegaralarini va boshqalarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq
qilish mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 yilda A. F. Lazurskiy
taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini
biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi
va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlar (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifa-
larini bajarish va boshqalar)ga ko‘chirishi lozim.
Suhbat metodi yordamida shaxsni o‘rganishda suhbat maqsadi va
vazifasini belgilash, suhbat mavzusining obyekti va subyektini tan-
lash, muddati va vaqtini aniqlash, uni individual, guruhiy va jamoa
shaklida o‘tkazish, mavzuga bog‘liq savol-javob tizimini tayyorlash
kabilar ko‘zda tutiladi.
Test metodi orqali psixologiya fanida taxminan 1905 yildan bosh-
lab A. Bine insonning aqliy o‘sish darajalarini o‘rgangan. «Test»
inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish ma’nosini anglatadi. Shaxs-
ning aqliy taraqqiyotini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda
qo‘llaniladigan standart masalalar va topshiriqlar test deb qabul
qilingan.
«Psixologiya tadqiqot metodi» muayyan ilmiy-psixologik
muammoni hal etishning maxsus metodikasi ma’nosida ham ish-
latiladi.
Tadqiqot to‘rt bosqichga ajratiladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) eksperimental bosqich;
3) tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatdan qayta ishlash;
15
4) olingan ma’lumotlarni sharhlab berish.
Tayyorgarlik bosqichida har xil vositalar yordamida materiallar
o‘rganiladi va dastlabki ma’lumotlar to‘planadi. Eksperimental bos-
qichda tadqiqotning muayyan metodikasi amal qiladi, o‘z navbatida,
bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga – eksperi-
ment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi tadqiqot ma’lumotlarini sifat ji-
hatdan qayta ishlashda psixologiyaning matematik apparatini – dastlab
ilgari surilgan farazlarning tasdig‘i tarzida olingan xulosalarning haq-
qoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli statistik
usullarni va ehtimollik nazariyasi asosiy qoidalarining qo‘llanishini
taqozo etadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan ma’lumotlarni izohlab
berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, farazning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil-kesil aniqlashdan iboratdir.
Shunday xulosa qilish mumkinki, psixologik muammolarning il-
miy jihatdan hal etilishi, zarurat tug‘ilganda, tegishli muayyan psixo-
logik metodikani qo‘llay bilishni talab qiladi (ana shunday bir qator
kategoriyalar, prinsiplar va metodikalar umumiy psixologiya kursi-
ning asosiy bo‘limlarini bayon qilish jarayonida ko‘rib chiqiladi).
Psixologik tadqiqotning obyektiv metodlaridan keng foydalanish, turli
muayyan metodikalarning qo‘llanilishi hozirgi zamon psixologiyasida
tadqiqotlarning yuksak darajada olib borilishini ta’minlaydi.
Psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari haddan
tashqari ko‘p bo‘lib, ularni muvaqqat ilmiy jamoalar tuzish orqali
hamkorlikdagi ilmiy faoliyat negizida hal qilish mumkin. Muayyan
darajada empirik, materiallar to‘plash, ularni psixologik nuqtai nazar-
dan tahlil qilish, ma’lum ilmiy mezon asosida amaliy ma’lumotlarni
tartibga keltirish, aniq xulosalarga kelish fan oldida turgan ulkan
vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajarish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |