Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi:
-odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning
salomatligiga oid model ko‘rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy
yuklamalar meyorga solib turishi,
-sixat- salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun
unga optimal darajada mashq tasir ko‘rsatuvchi tadbirlar
Ertalabki
badantarbiya
mashqlariga
o‘rgatishning
shart-
sharoitlari.Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-
nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi
va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi
o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi kerak. O‘rgatish oldidan
tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-
ketligi bo‘lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi
kerak. Ko‘pincha mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan
o‘rgatish yullarini ishlatadi. Bunda o‘rgatish yulining modelini aniqlash
kerak.Mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega.
Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o‘z
vaktida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar
kiyinchiliklar tug‘ilsa, xatolarni to‘g‘rilashi kerak. O‘rgatish jarayonini shu tarzda
boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni
ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va
tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars
jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi
orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional
ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish
yuzaga keladi.Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi
tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida
rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish
qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi,
idroki susayadi.Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini
ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina
nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular
toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir
bo‘la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o‘z navbatida
qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning
intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi.
Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning
shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga
ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan
shug‘ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib
o‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o‘z
ichiga yelka kamari va qo‘llarga mo‘ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va
gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.
3. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.
4. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014
5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”,
2014.
Dostları ilə paylaş: |