“ILK QADAM” DASTURI ASOSIDA BOLALARNI
JISMONIY RIVOJLANISH KO`RSATKICHLARI
Reja:
1.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari”ning mazmun-mohiyati
2. Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni
tashkil etish.
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya
mashqlarining asosiy shakllari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy
maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim
o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika
Prezidentining
2017-yil
30-sentabrdagi
PQ-3305-son
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi
qarori
hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga
muvofiq Vazirlar
Mahkamasining
2017-yil
21-
noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish
va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or
xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya jarayoni
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat
dasturi
asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab
ta’limiga
tayyorlashga
alohida
e’tibor
qaratilmoqda.
Jumladan, 1.
“Ilk
qadam”
dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab
ketishida metodik ta’minot
va
metodik
yordamning o‘rni belgilab
olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar
hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida
e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi
tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta
markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy
adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi.
(Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash
mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh
yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish
mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq
markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu
asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish
imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida
hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor
tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –
yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni
o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki
qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam
sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish,
ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik,
haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli
bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq
ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda
o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham
yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi.
Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini
namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu
markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin.
Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin
jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan
tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari
aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi
muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan
tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi.
Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta
imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat
haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki
pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan
narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi
ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali
unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar
sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga
tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli
bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik.
Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining
muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi
asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha
o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar
bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga
mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi
markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har
tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda
milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin
yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
Rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PK-2707-
son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-
noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.
Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va
idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik” uylari.
- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi
o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim
turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni
amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya
qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan
yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga
olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'limtarbiyasi mazmuni
va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-
tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
- "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir
bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variativlik asosida yondashuv.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:
- Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishlari.
- Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini
inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi,
hayotiy ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon:
- rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologic jarayonlar
hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar:
- rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha
- sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarni kichik sohasi rivojlanishning
ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini
ko'rsatib beradi;
- kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiakalar
ko'rsatkichi;
- bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni
maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bilimi, ko'nikmasi va malakalar
hamda qadriyatlari:
- integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari
o'rtasidagi bog'liqlik:
- inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbiya olinishini teng
ta'minlovchi jarayon;
- "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi,
uni refleksiv faoliyatining bir qismi;
- refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash
va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy
rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik
sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan
va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: |