«sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va
falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni
ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi.
Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta
asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi.
CHunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi.
SHimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub
jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham
bor.
Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan
bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning
Abu¬d¬Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi
sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII
asrning o’rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga
muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan
jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar
kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at¬tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi:
uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi.
Islomdagi bu mistik¬asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga
musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy¬ijtimoiy beqarorlik, diniy
hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy
izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish
mumkin.
Ilk davr sufiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar
quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on
va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor
o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan
saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda
uzoq tutish (vara’), o’zini Olloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k.
Dostları ilə paylaş: