7.3. Soʻrov metodi va uning klassifikasiyasi.
Odamlarni so‟roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so‟rab
o‟rganish insonga xos xislat. Ko‟cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki
ko‟chalar nomini so‟rovchilar bo‟ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik,
“Navro‟z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy
odatiy so‟roqlar o‟tkazilishi rasm bo‟lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada
ham fikr-o‟ylarni o‟rganish orqali qimmatli ilmiy ma‟lumotlar to‟plash vositasi
sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so‟roq metodlari psixologiyaning barcha
tarmoqlarida birlamchi ma‟lumotlar to‟plashning an‟anaviy usullaridan
hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‟yilgan qator
savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‟ladi.
Og‟zaki so‟roqni yoki ba‟zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi,
o‟tkazadigan shaxs unga ma‟lum darajada tayyorgarlik ko‟rgach so‟roq o‟tkazadi.
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo‟lmasa,
so‟rov o‟z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‟rovchi ushbu metod
yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‟lgan noyob ma‟lumotlarni
to‟plash imkoniga ega bo‟ladi.
Yozma so‟roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir
vaqtning o‟zida ko‟pgina odamlar fikrini o‟rganish mumkin bo‟ladi. Unga
kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‟z
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‟rovnomalar aniq va
ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‟lsa,
shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‟planadi.
So‟roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‟lib,
birinchisida oldindan nimalar so‟ralishi qat‟iy belgilab olinmaydi, ikkinchi
shaklida esa, xattoki, komp‟yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir
xil talablar doirasida so‟roq o‟tkazilishi nazarda tutiladi. So‟rovlar o‟tkazilishida
61
hal qilinishi lozim bo‟lgan eng muhim masalalardan biri so‟raluvchilarni
tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o‟z
ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari o‟rganilganda, tabiiy bir muammo
paydo bo‟ladi: necha kishini va qayerlardan so‟rash lozim, degan. Tanlov
obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga
mansubligi muim rol o‟ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini o‟rganish uchun
barcha talabalar fikrini mutloq o‟rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb
belgilansa, O‟zbekiston oliy o‟quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar
sonidan kelib chiqib, o‟shaning 10% i o‟rtasida, bir necha oliygohlarda so‟roq
o‟tkazilishi kifoya qiladi. Barcha nafaqaho‟rlarning ijtimoiy himoya borasidagi
fikrlarini o‟rganish kerak bo‟lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak,
tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o‟sha guruhning tushunish
darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so‟roq o‟tkazadi yoki intervyular
uyushtiriladi.
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega.
Yoshlarga “Siz vatanparvarmisiz?” yoki jamoatchilikka “Siz tinchlik
tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo‟lgani uchun ham odatda
respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o‟sha vatanparvarlik
belgilarining namoyon bo‟lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik
bo‟lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o‟rganish birinchidan, turli
xil fikrlarni to‟plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli
qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz
aqllimisiz?” degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi
savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Ko‟pincha psixologik so‟rovlarda odam o‟z fikrini ochiq va erkin bayon etishi
uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so‟rov deyiladi. Ba‟zi bir
so‟rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o‟rniga “O‟zingiz o‟ylab topgan ism-
sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so‟rov o‟tkazish usuli
sifatida oxirgi yillarda qo‟llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo‟lsa, shuni
aytish kerakki, so‟rov metodlari inson psixologiyasini o‟rganish, uning
62
dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional
tarzda to‟g‟ri ishlatish va natijalarni to‟g‟ri tahlil qilish juda katta amaliy
ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |