8.2. Diffuz nerv sistemasi.
Agar nerv tolasining biron joyiga tegilsa, issiq; sovuq, elektr toki, kimyoviy
moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta‟sir etilsa, yoki qo‟zg‟atilsa, nerv
tolasining qo‟zg‟atilgan joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‟y beradi, buni
qo‟zg‟alshi deyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo‟zg‟atilsa, bu qo‟zg‟alish sodir bo‟lgan
joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo‟ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan
ikkinchi nerv hujayrasiga o‟tadi, nihoyat, qo‟zg‟atish kuchi muayyan darajaga
yetganda qo‟zg‟alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to‟qimasida qo‟zg‟alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar:
elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo‟ladi. Yonma-yon turgan bir nerv
hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi –
sinapslar borligi tufayli, qo‟zg‟alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi.
Miyelin pardasi borligidan, qo‟zg‟alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq evolyutsiyasi jarayonida
va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan. Nerv sistemasi
birinchi marta kovak ichli hayvonlarda ro‟yi rost ko‟rinadi. Bu nerv sistemasi
butun organizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masalan, gidroid
69
poliplarning nerv sistemasi shunday bo‟ladi. Bu – diffuz tipda tuzilgan nerv
sistemasidir. Umurtqali hayvonlar bilan odamda nerv sistemasi murakkab
tuzilgan bo‟lib, uch qismga – markaziy, periferiyadagi va vegetativ qismlarga
bo‟linadi.
Nazorat savollari:
1. Nerv hujayrasi, uning oʻsimtalari va ularni qoplovchi pardalaridan
qaysilarni bilasiz?
2. Diffuz nerv sistemasini izohlab bering?
3. Vegetativ nerv markazlari haqida so‟zlab bering?
|